platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Qashqadaryoda A380 yoʻlining 100 kilometri rekonstruksiya qilinadi

Loyiha qiymati 350 million dollar. Qarshi shahrining aylanma yoʻli 5,5 kilometrga uzaytirilib, mazkur magistralga ulanadi.

Qashqadaryoda A380 yoʻlining 100 kilometri rekonstruksiya qilinadi

Qashqadaryoda yoʻl infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha ham yirik loyihalar amalga oshiriladi.

Osiyo taraqqiyot banki bilan A-380 avtomobil yoʻlining viloyatdan oʻtuvchi 100 kilometr qismini rekonstruksiya qilish boshlanadi. Loyiha qiymati 350 million dollar.

​Qarshi shahrining aylanma yoʻli 5,5 kilometrga uzaytirilib, mazkur magistralga ulanadi. Masʼullarga texnik-iqtisodiy asoslarni shu yil yakunlab, yanvardan qurilishga kirishish topshirildi.

​“Qarshi – Pomuq” va “Gʻuzor – Beynau” yoʻllaridagi temir yoʻl kesishmalarida poyezd oʻtayotgan vaqtda katta tirbandlik yuzaga kelmoqda. Bu joylarda qiymati 250 milliard soʻm boʻlgan ikkita zamonaviy yoʻl oʻtkazgich quriladi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid