platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Qashqadaryo yoshlari respublikada birinchi boʻldi

Qarshi shahridagi Prezident maktabi “Cambridge” imtihonlarida 98 foiz natija bilan respublikada birinchi boʻldi. Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari “Zakovat” turnirida gʻolib chiqdi.

Qashqadaryo yoshlari respublikada birinchi boʻldi

Qashqadaryo yoshlari respublikada birinchi boʻldi.

​Ular taʼlim va intellektual musobaqalarda yuqori natijalarga erishmoqda. Qarshi shahridagi Prezident maktabi “Cambridge” imtihonlarida 98 foiz natija bilan respublikada birinchi boʻldi. Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari “Zakovat” turnirida gʻolib chiqdi.

​Kosonlik 11-sinf oʻquvchisi Murodjon Xalimov SAT imtihonida maksimal 1600 ballni qoʻlga kiritdi. Davlatimiz rahbari bunday iqtidorli yoshlar koʻpligini, ularga aniq fanlarni xorijiy tillarda oʻrgatish imkoniyati yaratilsa, yuqori natijalar har bir tumanda boʻlishini taʼkidladi. Kelasi yildan barcha tumanlarda bittadan maktabda aniq fanlarni chet tilida oʻqitish boshlanadi.

​Shu bilan birga, oʻzbekistonlik yoshlar robototexnika boʻyicha jahon chempioni boʻldi. Yil yakunigacha har bir tumanda robototexnika toʻgaragi ochilib, jihozlanadi. Har yili mart oyida oʻquvchilar oʻrtasida viloyat chempionati oʻtkaziladi. Birinchi oʻrin egasiga 30 million, ikkinchi oʻringa 20 million, uchinchi oʻringa 10 million soʻm mukofot beriladi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid