platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

​Prezident Nurbek Ergashevni “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan tadbirkor” faxriy unvoni bilan mukofotladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Qashqadaryoda yigʻilish oʻtkazilmoqda. “Yosh kitobxon oila” respublika tanlovi gʻoliblari Baxtishod Rashidov va Eʼzoza Xushvaqtovaga Toshkent shahridan ikki xonali yangi xonadonlar sovgʻa qilindi. 

​Prezident Nurbek Ergashevni “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan tadbirkor” faxriy unvoni bilan mukofotladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Qashqadaryoda yigʻilish oʻtkazilmoqda.

​Davlatimiz rahbari “Sultonteks” klasteri rahbari Nurbek Ergashevning energiya va suvni tejaydigan zamonaviy korxonasi faoliyati bilan tanishganini aytdi. Tadbirkorning 2028 yilgacha yana 30 ming kishini ish bilan taʼminlash, ayniqsa, ayollar uchun koʻproq imkoniyat yaratish rejalari qoʻllab-quvvatlandi.

​Prezidentimiz Nurbek Ergashevga “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan tadbirkor” faxriy unvonini berish toʻgʻrisidagi farmonga imzo qoʻyganini bildirdi.

​Qamashi tumanidagi Chim mahallasida sulolaviy limonchilik maktabini yaratib, aholi daromadini oshirishga hissa qoʻshayotgan Abdumannop Xudoyberdiyevga ham “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan qishloq xoʻjaligi xodimi” unvoni beriladi.

​Qashqadaryoda maʼrifatni targʻib etayotgan “Mutolaa” loyihasining bosh muharriri Javlon Jovliyevning mehnati ham eʼtirof etildi. Unga, shuningdek, “Yosh kitobxon oila” respublika tanlovi gʻoliblari Baxtishod Rashidov va Eʼzoza Xushvaqtovaga Toshkent shahridan ikki xonali yangi xonadonlar sovgʻa qilinishi aytildi.

​Davlatimiz rahbari mazkur mukofotlarni shu yerning oʻzida topshirishni taklif etdi.

Qashqadaryoda yilning toʻqqiz oyida sanoat 8,4 foiz, xizmatlar 16,6 foiz, qishloq xoʻjaligi 4,9 foizga oʻsdi. Shu bilan birga, davlatimiz rahbari hozirgi natijalar bilan viloyatning mavjud salohiyati oʻrtasida hali katta farq borligini koʻrsatib oʻtdi.

​Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari boʻyicha viloyat respublikada yettinchi, xizmatlar boʻyicha toʻqqizinchi, qishloq xoʻjaligi va qurilish hajmi boʻyicha oʻn birinchi oʻrinda. Prezidentimiz tuman hokimlari va banklar “bilimga – ragʻbat, mehnatga – imkoniyat, tashabbusga – madad” beradigan muhit yaratsa, Qashqadaryo bir-ikki yilda eng ilgʻor hududlar qatoriga chiqishi mumkinligini taʼkidladi.

​Sanoatda yangi bosqichga oʻtish uchun viloyatda yetarli resurs bor. Gaz, elektr va yer osti boyliklarini daromadli ish oʻrinlari hamda yuqori qoʻshilgan qiymatga aylantirish vazifasi qoʻyildi.

​“GTL” zavodida qiymati 300 million dollar boʻlgan uchta yirik loyiha tayyor. Zavoddan olinadigan 430 ming tonna nafta asosida yangi polimerlar va neft-kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha 1,5 milliard dollarlik loyihani amalga oshirish mumkin. Dehqonobod kaliy zavodi quvvatini 365 ming tonnadan 600 ming tonnaga yetkazish imkoniyati, kichik tonnajli kimyo yoʻnalishida esa 830 million dollarlik 30 dan ortiq loyihaviy taklif bor.

​Viloyatga tayinlangan loyiha menedjeri va boshqa masʼullarga 20 milliard dollarlik loyihalar va 50 ming ish oʻrnini qamrab oladigan uch yillik dastur tayyorlash topshirildi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid