platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Iqtisod

Oqsuv daryosida uchta yangi GES ishga tushirildi

Jami 24 MVt quvvatga ega ushbu stansiyalar kaskadi daryo suvining tabiiy energiyasini elektr energiyasiga aylantirish orqali mamlakat energetika tizimiga qoʻshimcha quvvat kiritadi. Yiliga qariyb 44 ming xonadon elektr energiyasi bilan taʼminlanadi. 

Oqsuv daryosida uchta yangi GES ishga tushirildi

Qashqadaryoda uchta yangi GES ishga tushirildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qashqadaryo viloyatiga tashrifi doirasida hudud energetika salohiyatini yuksaltirish yoʻlidagi muhim voqea – Oqsuv daryosida “Oʻzbekgidroenergo” AJ tomonidan barpo etilgan umumiy quvvati 24 megavatt boʻlgan uchta yangi gidroelektr stansiyasi foydalanishga topshirildi.

Oqsuv daryosida uchta yangi GES ishga tushirildi
Oqsuv daryosida uchta yangi GES ishga tushirildi

​Mazkur investitsiya loyihalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 20 avgustdagi 497-son qarori hamda Prezidentning 2026 yil 1 maydagi “Gidroenergetika sohasini yanada rivojlantirish boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-163-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash doirasida amalga oshirildi.

Oqsuv daryosining gidroenergetika salohiyatidan oqilona foydalanish asosida barpo etilgan mazkur obʼektlar hududning energetik infratuzilmasini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Yangi gidroenergetika majmuasi tarkibidan quvvati 6,2 MVt boʻlgan Rabat GES, 7,5 MVt quvvatga ega Chappasuy GES hamda 10,3 MVt quvvatli Tamshush GES oʻrin olgan. Jami 24 MVt quvvatga ega ushbu stansiyalar kaskadi daryo suvining tabiiy energiyasini elektr energiyasiga aylantirish orqali mamlakatimiz energetika tizimiga qoʻshimcha quvvat kiritadi. Uchta GESning ishga tushirilishi, ayniqsa, mahalliy gidroenergetika imkoniyatlarini toʻliq ishga solish va energiya ishlab chiqarish manbalarini diversifikatsiya qilish nuqtai nazaridan muhim ahamiyat kasb etadi.

​Loyihaning iqtisodiy va ekologik samaradorligi hamsalmoqlidir. GESlar kaskadida yiliga oʻrtacha 105,1 million kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Natijada yiliga qariyb 31,5 million kub metr tabiiy gaz hamda 45–50 ming tonna koʻmir resurslarini tejash imkoniyati yaratiladi. Bu esa anʼanaviy yoqilgʻi resurslariga boʻlgan ehtiyojni kamaytirish, atmosferaga chiqariladigan zararli moddalar miqdorini qisqartirish va ekologik barqarorlikni taʼminlashga munosib hissa qoʻshadi.

​Eng muhimi, Oqsuv daryosida barpo etilgan yangi GESlar yiliga qariyb 44 ming xonadonni elektr energiyasi bilan taʼminlash imkonini beradi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid