platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Boʻston tumani hokimining ikki sobiq oʻrinbosari ozodlikdan mahrum etildi

Tuman hokimining investitsiya hamda qishloq xoʻjaligi masalalari boʻyicha sobiq oʻrinbosarlari 2025 yilda qoʻlga olingandi. Ulardan biri 6 yil, ikkinchisi 5 yil 6 oyga qamaldi. 

Boʻston tumani hokimining ikki sobiq oʻrinbosari ozodlikdan mahrum etildi

Boʻston tumani hokimining investitsiya hamda qishloq xoʻjaligi masalalari boʻyicha sobiq oʻrinbosarlariga hukm oʻqildi. Bu haqda sud hukmida maʼlum qilindi.

Sud hukmiga koʻra, 45 yoshli U.S. Boʻston tumani hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari, tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi vazifasida ishlab kelgan. U tumandagi bogʻdorchilik va meva-sabzavotchilikka ixtisoslashtirilgan fermer xoʻjaliklari tomonidan eksport rejasining bajarilishiga masʼul boʻlgan.

U.S. fermerlarga goʻyoki ularning nomidan eksport rejasini bajarishini, buning evaziga har bir gektar yer maydoni uchun 1 mln soʻmdan berishlari kerakligini aytgan. Hokim oʻrinbosari hududdagi fermer xoʻjaliklardan birining ish boshqaruvchisidan 5 gektar yer maydoni uchun 5 mln soʻm talab qilib, shundan 4 mln soʻmini pora tariqasida olgan.

Shuningdek, U.S. Boʻston tumani hokimining oʻrinbosari, investitsiyalar, sanoat va savdo boʻlimi boshligʻi Sh.D. bilan til biriktirgan. Ikki oʻrinbosar bir guruhga birlashib, tumanda faoliyat olib boruvchi koʻp tarmoqli fermer xoʻjalikning bogʻdorchilik va sabzavotchilikka moʻljallangan 65 gektar yer maydoni uchun goʻyoki ularning nomidan eksport rejasini bajarish evaziga 65 mln soʻm talab qilishgan. Sh.D. ushbu pulning 40 mln soʻmini pora tariqasida olgan vaqtida tezkor tadbirda ushlangan.

JIB Qoʻrgʻontepa tuman sudi hukmi bilan U.S. va Sh.D Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) 2-qismi tegishli bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etishda aybli deb topilgan. U.S.ga 6 yil, Sh.D.ga 5 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Shuningdek, sudlanuvchilar 2 yilga davlat yoki davlat ishtirokidagi tashkilotlarda mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilingan.

Apellyatsiya va taftish instansiyalari dastlabki sud hukmini oʻzgarishsiz qoldirgan.

Ushbu shaxslar 2025 yilning sentabr oyida qoʻlga olingandi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid