platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

"Bolalar oldidagi masʼuliyatimiz ertaga emas, aynan bugundan boshlanadi” – Shahnoza Mirziyoyeva

Samarqandda “Bolalar farovonligiga investitsiya: kelajak avlodlarning barqaror va adolatli taraqqiyoti sari yoʻl” butunjahon sammiti davom etmoqda. Tadbirda soʻzga chiqqan Shahnoza Mirziyoyeva bolalar farovonligi, ularning salomatligi va xavfsizligini taʼminlash har bir mamlakatning muhim vazifasi ekanini taʼkidladi.

"Bolalar oldidagi masʼuliyatimiz ertaga emas, aynan bugundan boshlanadi” –  Shahnoza Mirziyoyeva

Samarqandda “Bolalar farovonligiga investitsiya: kelajak avlodlarning barqaror va adolatli taraqqiyoti sari yoʻl” butunjahon sammiti davom etmoqda.

Unda turli mamlakatlarning birinchi xonimlari, BMT, UNICEF, Jahon banki, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti va boshqa xalqaro tuzilmalarning yuqori martabali vakillari ishtirok etyapti.

Tadbirda soʻzga chiqqan Ijtimoiy himoya agentligi rahbari birinchi oʻrinbosari Shahnoza Mirziyoyeva bolalar farovonligi, ularning salomatligi va xavfsizligini taʼminlash har bir mamlakatning muhim vazifasi ekanini taʼkidladi.

“Bolalar – bizning kelajagimiz”, degan gapni koʻp takrorlaymiz. Ammo oʻzim ona boʻlganimdan keyin bu iboraning maʼnosini yanada teranroq anglay boshladim. Chunki ota-ona uchun farzand shunchaki kelajak emas. Farzand – bugungi kunimiz”, deydi u.

Shahnoza Mirziyoyeva bolalarni himoya qilish, avvalo, ularning yonida yordam beradigan va xavfsizligini taʼminlaydigan inson boʻlishidan boshlanishini qayd etgan.

Raqamli olamning kengayishi, dunyodagi beqarorlik va ziddiyatlar bolalar hamda oilalar xavfsizligiga taʼsir koʻrsatmoqda. Bu muammolarni hal etish uchun hukumatlar, biznes vakillari, fuqarolik jamiyati va xalqaro tashkilotlar hamkorligini kuchaytirish zarur.

“Birgalikda zoʻravonlikka nisbatan mutlaqo murosasizlik va har bir bolaga soʻzsiz hurmat tamoyillariga asoslangan yangi madaniyatni shakllantirishimiz mumkin. Bugun bolalarimizning baxti, salomatligi va xavfsizligi bizning qoʻlimizda. Shuning uchun bolalar oldidagi masʼuliyatimiz ertaga emas, aynan bugundan boshlanadi”, deydi Shahnoza Mirziyoyeva.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid