Alisher Kuchiyev Prezident maslahatchisi oʻrinbosari etib tayinlandi
Tayinlov Prezident Administratsiyasi rahbarining farmoyishi bilan amalga oshirildi.

Alisher Ismatovich Kuchiyev Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy siyosat boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Tayinlov Prezident Administratsiyasi rahbarining farmoyishi bilan amalga oshirildi.
Avvalroq Prezident Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshligʻiga oʻrinbosarlar tayinlangandi.





