platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Iqtisod

2026 yilgi paxta yigʻim-terimi rejasi ortigʻi bilan bajarildi

Qishloq xoʻjaligi vazirligi paxta yigʻim-terimi hali yakunlanmaganini bildirdi. Hozirda 49 ming gektardan ortiq maydonda birinchi terim ishlari davom etmoqda.

2026 yilgi paxta yigʻim-terimi rejasi ortigʻi bilan bajarildi

Oʻzbekistonda 2026 yilgi paxta yigʻim-terimi boʻyicha belgilangan reja ortigʻi bilan bajarildi. Bu haqda Qishloq xoʻjaligi vazirligi xabar berdi.

Vazirlik maʼlumotlariga koʻra, 22 oktabr holatiga mamlakat boʻyicha 4 million 630 ming tonna paxta yigʻib olingan. Yigʻib olingan hosilning 3 million 515 ming 597 tonnasi qariyb 3 mingta zamonaviy paxta terish mashinasi yordamida terilgan. Mamlakat boʻyicha mexanizatsiyalashgan terim ulushi oʻrtacha 76 foizga yetgan.

Hududlar kesimida eng yuqori koʻrsatkich Jizzax viloyatida qayd etilgan. Bu yerda hosilning 98,5 foizi texnikalar yordamida yigʻilgan. Sirdaryoda mazkur koʻrsatkich 94,2 foizni, Toshkent viloyatida esa 81,2 foizni tashkil qilgan.

Qishloq xoʻjaligi vazirligi paxta yigʻim-terimi hali yakunlanmaganini bildirdi. Hozirda 49 ming gektardan ortiq maydonda birinchi terim ishlari davom etmoqda.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid