platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Siyosat

Dunyoda 400 milliondan ortiq bola oʻta qashshoqlikda yashamoqda

Ziroat Mirziyoyeva bolalar farovonligi boʻyicha jahon sammitida nutq soʻzladi. Qayd etilishicha, qariyb bir milliard bola iqlim oʻzgarishi xavfi yuqori boʻlgan mamlakatlarda ulgʻaymoqda. 

Dunyoda 400 milliondan ortiq bola oʻta qashshoqlikda yashamoqda

Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi xonimi, “Zamin” xalkaro jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva “Bolalar farovonligiga investitsiya: Kelajak avlodlar barqaror va adolatli taraqqiyoti sari yoʻl” Jahon sammitida nutq soʻzladi.

Ziroat Mirziyoyeva sammitda ishtirok etayotgan birinchi xonimlar, delegatsiyalar va xalqaro tashkilotlar rahbarlari, hamkor tashkilotlarga, umuman bolalarning baxtli kelajagi uchun harakat qilayotgan barchaga minnatdorlik bildirdi.

Ikki yil avval Toshkentda boʻlib oʻtgan birinchi Kongressda “Dalillardan harakatga” degan shior ilgari surilgan edi. Bugun esa bu harakatlarning dastlabki natijalari koʻrinmoqda.

“Lekin oldimizda hali juda katta vazifalar bor”, – dedi Oʻzbekiston Birinchi xonimi.

Bugun dunyoda 400 milliondan ortiq bola oʻta qashshoqlikda yashayotgani taʼkidlandi. Qariyb bir milliard bola iqlim oʻzgarishi xavfi yuqori boʻlgan mamlakatlarda ulgʻaymoqda.

“Oʻzbekiston Orol fojiasini boshidan kechirgan davlat. Shuning uchun biz ekologik muammolar bolalar salomatligi va kelajagiga qanchalik ogʻir taʼsir qilishini yaxshi bilamiz”, – dedi Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi xonimi.

Mutaxassislarning maʼlumotiga koʻra, xalqaro insonparvarlik yordami keskin kamaygani sababli, 2025 yilda besh yoshgacha boʻlgan bolalar oʻlimi shu asr boshidan beri birinchi marta oshgan.

“Bu barchamiz uchun jiddiy ogohlantirishdir”, – deb alohida qayd etdi Ziroat Mirziyoyeva.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid