Xitoy elchisi bayram munosabati bilan oʻzbekcha tabrik yoʻlladi
Yuy Szyun 21 oktabr — Oʻzbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Oʻzbekiston xalqiga tabrik yoʻlladi.

Xitoy elchisi til bayrami munosabati bilan oʻzbekcha tabrik yoʻlladi.
Xitoyning Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Yuy Szyun 21 oktabr — Oʻzbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Oʻzbekiston xalqiga tabrik yoʻlladi.
"Qadrli Oʻzbekistonlik doʻstlar! Sizlarni Oʻzbek tili bayrami kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman!" degan elchi.
U tabrigini Xitoy tilida davom ettirar ekan, Oʻzbek tili oʻzbek xalqining boy madaniyati va koʻp asrlik maʼnaviy merosining ajralmas qismiligiga urgʻu bergan.
"Ishonchim komilki, xalqlarimizning bir-birining tili va madaniyatiga boʻlgan qiziqishi Xitoy va Oʻzbekiston oʻrtasidagi doʻstlik va oʻzaro anglashilishni mustahkamlashda davom etadi.
Oʻzbek tili bayrami kuni bilan! Xitoy va Oʻzbekiston xalqlari oʻrtasidagi doʻstlik abadiy boʻlsin!" — dedi Yuy Szyun.





