platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Samarqandda ogʻir xastalikka chalingan bolalarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Global tarmoq tuzilishi eʼlon qilindi

Oʻzbekiston Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva ikki yil muddatga Global tarmoq raisi boʻldi. Uning raislikka kirishish marosimi Bolalar onkologiyasi boʻyicha xalqaro kongress doirasida oʻtkazildi. 

Samarqandda ogʻir xastalikka chalingan bolalarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Global tarmoq tuzilishi eʼlon qilindi

Samarqandda ogʻir xastalikka chalingan bolalarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Global tarmoq tuzilishi eʼlon qilindi.

Global tarmoq tuzilishini bugun AQShning “St.Jude” bolalar ilmiy-tadqiqot shifoxonasi vitse-prezidenti, “St. Jude Global” direktori Karlos Rodriges-Galindo eʼlon qildi.

Samarqandda ogʻir xastalikka chalingan bolalarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Global tarmoq tuzilishi eʼlon qilindi

Global tarmoq ogʻir va hayot uchun xavfli, jumladan, onkologik kasalliklarga chalingan bolalarni qoʻllab-quvvatlash yoʻlida xalqaro hamkorlik va tajriba almashish uchun birinchi xonimlar hamda davlat rahbarlarining turmush oʻrtoqlarini birlashtiradi.

Oʻzbekiston Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva ikki yil muddatga Global tarmoq raisi boʻldi. Uning raislikka kirishish marosimi Bolalar onkologiyasi boʻyicha xalqaro kongress doirasida oʻtkazildi.

Samarqandda ogʻir xastalikka chalingan bolalarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Global tarmoq tuzilishi eʼlon qilindi

Bu qaror Oʻzbekistonda bolalar onkologiyasi xizmatini rivojlantirish borasida erishilgan yutuqlar, shuningdek, Ziroat Mirziyoyevaning saratonga chalingan bolalarni qoʻllab-quvvatlash, ularning sifatli tibbiy yordamdan foydalanishini taʼminlash hamda hayotiy holatidan qatʼi nazar, har bir bolaning oʻsishi va rivojlanishi uchun sharoit yaratishdagi faol va yetakchi oʻrnining eʼtirofidir.

Samarqandda ogʻir xastalikka chalingan bolalarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Global tarmoq tuzilishi eʼlon qilindi
Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid