platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Qurilishning 3-qavatiga avtomobil olib chiqishga ruxsat berganlar jazolandi

Oʻrganishlar davomida aniqlanishicha, qurilish obʼektidan xonadon sotib olgan fuqaro oʻziga tegishli "Neksiya-2" rusumli avtomobilni qurilayotgan binoning uchinchi qavatiga kran yordamida olib chiqib joylashtirgan. Mazkur harakat qurilish obʼekti uchun masʼul shaxslar bilan kelishilgan holda amalga oshirilgan.

Qurilishning 3-qavatiga avtomobil olib chiqishga ruxsat berganlar jazolandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahridagi "Gʻalaba" mahallasi hududida qurilayotgan koʻp qavatli turar joy binosining uchinchi qavatiga avtomobil olib chiqilgani aks etgan videolavha tarqaldi.

Mazkur holat Qashqadaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan oʻrganildi.

Oʻrganishlar davomida aniqlanishicha, qurilish obʼektidan xonadon sotib olgan fuqaro oʻziga tegishli "Neksiya-2" rusumli avtomobilni qurilayotgan binoning uchinchi qavatiga kran yordamida olib chiqib joylashtirgan. Mazkur harakat qurilish obʼekti uchun masʼul shaxslar bilan kelishilgan holda amalga oshirilgan.

Qurilishi tugallanmagan binoning yuqori qavatiga avtomobil olib chiqish binoning yuk koʻtaruvchi konstruksiyalariga ortiqcha yuk tushirishi, shuningdek, qurilish maydonidagi ishchilar va boshqa shaxslar hayoti hamda sogʻligʻiga jiddiy xavf tugʻdirishi mumkin.

Holat yuzasidan qurilish obʼekti uchun masʼul shaxslarga xavfsizlik texnikasi talablariga rioya etmaganligi uchun amaldagi qonunchilikka muvofiq maʼmuriy jarimalar qoʻllanildi, deyiladi xabarda.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid