platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jahon

Qirgʻizistonda askarlarni uy qurilishiga ishlatgan komandir hibsga olindi

Harbiyga nisbatan Qirgʻiziston Jinoyat kodeksining 337-moddasi "Lavozim vakolatini suiisteʼmol qilish" boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatilgan. 

Qirgʻizistonda askarlarni uy qurilishiga ishlatgan komandir hibsga olindi

Qirgʻiziston Milliy xavfsizlik qoʻmitasi Mudofaa vazirligi Milliy Gvardiyasining harbiy boʻlinmasi komandirini hibsga oldi. Bu haqda xavfsizlik xizmatlari xabar berdi.

​Ularning maʼlumotlariga koʻra, komandir oʻzining shaxsiy uyini qurishga harbiy xizmatchilarni muntazam ravishda jalb qilganlikda gumon qilinmoqda.

Hodisa 20 oktabr kuni Harbiy prokuratura bilan hamkorlikda fosh etildi. Qurilish ishlarida ishtirok etgan harbiy xizmatchilar orasida oʻsha paytda 24 soatlik navbatchilikda boʻlganlar ham bor edi.

​Qirgʻiziston Jinoyat kodeksining 337-moddasi "Lavozim vakolatini suiisteʼmol qilish" boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatildi.

Ofitser hibsga olindi va Bishkek Ichki ishlar bosh boshqarmasining vaqtinchalik hibsxonasiga joylashtirildi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid