platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Iqtisod

Prezident Qashqadaryoga tashrifni “Sulton Tex Group” toʻqimachilik klasteridan boshladi

Davlatimiz rahbari fabrikadagi ishlab chiqarish jarayoni va mahsulotlar koʻrgazmasi bilan tanishdi. Bu yerda joriy qilingan resurs tejamkor texnologiyalar boshqa toʻqimachilik korxonalari uchun namuna boʻlishi kerakligini taʼkidladi. 

Prezident Qashqadaryoga tashrifni “Sulton Tex Group” toʻqimachilik klasteridan boshladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyurib, “Qashqadaryo” erkin iqtisodiy zonasidagi “Sulton Tex Group” toʻqimachilik klasterining fabrikasi bilan tanishdi.

Prezident Qashqadaryoga tashrifni “Sulton Tex Group” toʻqimachilik klasteridan boshladi

Viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha joriy yil 13 martda qabul qilingan qaror doirasida klaster tomonidan mato ishlab chiqarish va boʻyash fabrikasi tashkil etildi. Qiymati 54 million dollar boʻlgan loyiha natijasida yiliga 20 ming tonna mato ishlab chiqarish va boʻyash quvvatiga ega liniyalar ishga tushirildi. Fabrikada 840 ta ish oʻrni yaratildi.

Korxonada suv va energiya sarfini kamaytirishga alohida eʼtibor qaratilgan. Qiymati 3 million dollar boʻlgan yopiq suv aylanishi tizimi ishlab chiqarishda foydalanilgan suvning 95 foizdan ortigʻini tozalab, qayta ishlatish imkonini beradi. Buning hisobiga yiliga 1,1 million kub metr suv tejaladi.

Prezident Qashqadaryoga tashrifni “Sulton Tex Group” toʻqimachilik klasteridan boshladi

Fabrikani uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlash uchun gaz generatori oʻrnatilgan. Bino tomi va devorlariga umumiy quvvati 3,5 megavatt boʻlgan quyosh panellari joylashtirilgan. Ushbu yechimlar elektr energiyasi, issiq suv va bugʻ taʼminotidagi xarajatlarni kamaytirib, mahsulot tannarxini pasaytirishga xizmat qiladi.

Kelgusida “Sulton Tex Group” klasteri mazkur erkin iqtisodiy zonada 70 million dollarlik loyihani amalga oshirib, 3 ming 570 ta ish oʻrni yaratishi rejalashtirilgan. Viloyatning boshqa tumanlaridagi qiymati jami 17 million dollar boʻlgan loyihalar esa yana 1 ming 220 kishini ish bilan taʼminlashi koʻzda tutilmoqda.

Prezident Qashqadaryoga tashrifni “Sulton Tex Group” toʻqimachilik klasteridan boshladi

Davlatimiz rahbari fabrikadagi ishlab chiqarish jarayoni va mahsulotlar koʻrgazmasi bilan tanishdi. Bu yerda joriy qilingan resurs tejamkor texnologiyalar boshqa toʻqimachilik korxonalari uchun namuna boʻlishi kerakligini taʼkidladi.

Korxonada mehnat qilayotgan Dilorom Xoliyorova Prezidentimiz bilan suhbatda ish oʻrni va yaratilgan sharoitlardan mamnun ekanini bildirib, koʻrsatilayotgan qoʻllab-quvvatlov uchun minnatdorlik izhor etdi.

Prezident Qashqadaryoga tashrifni “Sulton Tex Group” toʻqimachilik klasteridan boshladi

– Inson mehnat qilsa, albatta, natijasi ham boshqacha boʻladi. Mana shu yangi avlod tadbirkorlarimiz bilan hozir mutlaqo boshqa darajaga chiqyapmiz, ular nafaqat qoʻshimcha qiymat zanjiri yaratyapti, balki “yashil” texnologiyalar bilan ekologiyaga gʻamxoʻrligini ham namoyon etmoqda – dedi Prezidentimiz.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid