platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Michelin Guide ilk bor butun Turkiya gastronomiyasini qamrab oladi

Michelin Guide 2022 yilda ilk bor Istanbulda faoliyat boshlaganidan soʻng uning qamrovi Izmir, Mugʻla va Kappadokiya kabi hududlarga kengaydi. Shu davr mobaynida qoʻllanma inspektorlari Turkiyaning boy pazandachilik merosi, mahalliy taom tayyorlash anʼanalari va zamonaviy gastronomiya yoʻnalishlarini izchil oʻrganib kelmoqda. 

Michelin Guide ilk bor butun Turkiya gastronomiyasini qamrab oladi

Michelin kompaniyasining maʼlum qilishicha, 2027 yilgi Michelin Guide Turkiya umummilliy tanlovi natijalari 2026 yil 3 dekabr, payshanba kuni Istanbuldagi Divan Kurucheshme majmuasida boʻlib oʻtadigan tantanali marosimda eʼlon qilinadi. Bu yilgi tanlov ilk bor Turkiyaning barcha hududlarini qamrab olishi bilan ahamiyatlidir.

Michelin Guide ilk bor butun Turkiya gastronomiyasini qamrab oladi

Ayni paytda Michelin Guide inspektorlari mamlakat boʻylab izlanishlar olib borib, koʻp yillik anʼanalarga ega mashhur restoranlar bilan bir qatorda, yangi gastronomik maskanlarni ham kashf etmoqda. Tantanali marosimda tanlovga kiritilgan restoranlar eʼtirof etilib, mehmondoʻstlik sohasi mutaxassislari va isteʼdodli oshpazlarga bir qator maxsus mukofotlar topshiriladi.

Michelin Guide 2022 yilda ilk bor Istanbulda faoliyat boshlaganidan soʻng uning qamrovi Izmir, Mugʻla va Kappadokiya kabi hududlarga kengaydi. Shu davr mobaynida qoʻllanma inspektorlari Turkiyaning boy pazandachilik merosi, mahalliy taom tayyorlash anʼanalari va zamonaviy gastronomiya yoʻnalishlarini izchil oʻrganib kelmoqda. Mamlakat miqyosida ilk bor oʻtkazilayotgan tanlov esa Turkiya oshxonasining boyligi, rang-barangligi va jadal rivojlanishini xalqaro maydonda yanada kengroq namoyish etish imkonini beradi.

Michelin Guide ilk bor butun Turkiya gastronomiyasini qamrab oladi

Michelin Guide xalqaro direktori Gvendal Pullennek ushbu voqea munosabati bilan quyidagilarni taʼkidladi:

“Turkiyadagi faoliyatimizning ilk kunlaridanoq mamlakatning nihoyatda boy gastronomik merosi bizda katta taassurot qoldirib kelmoqda. Asrlar davomida shakllangan mahalliy pazandachilik anʼanalaridan tortib zamonaviy gastronomiya namunalarigacha boʻlgan keng koʻlamli oshpazlik madaniyati Turkiyaning beqiyos rang-barangligi va ijodkorlik salohiyatini namoyon etadi. Inspektorlarimiz mamlakat boʻylab izlanishlarini davom ettirar ekan, yangi, eʼtiborga molik restoranlar va isteʼdodli oshpazlarni kashf etishga katta qiziqish bildirmoqda. Turkiya boʻyicha ilk umummilliy Michelin Guide tanlovi ushbu boylikni keng namoyish etish, shuningdek, sayohatchilarga Turkiyaning yetakchi gastronomik yoʻnalishlardan biri sifatidagi jozibasini yanada toʻliqroq ochib berish imkonini beradi”.

Taqdirlash marosimida 2027 yilgi Michelin Guide Turkiya tanloviga yangi kiritilgan restoranlarning oshpazlari hamda Michelin yulduzlariga sazovor boʻlgan restoranlar vakillari ishtirok etadi.

Michelin Guide qoʻllanmasining baholash metodologiyasi

Michelin Guide 1900 yilda Michelin shina ishlab chiqaruvchi kompaniyasi tomonidan avtomobil transporti rivojini qoʻllab-quvvatlash maqsadida yaratilgan. Oʻshandan buyon qoʻllanma oʻzining dastlabki vazifasiga sodiq qolib, sayohatchilarni eng yaxshi restoranlar bilan tanishtirish, yuksak gastronomik salohiyatga ega maskanlarni kashf etish va butun dunyo boʻylab sayohat madaniyatini targʻib qilishga xizmat qilib kelmoqda.

Michelin Guide ilk bor butun Turkiya gastronomiyasini qamrab oladi

Michelin Guide restoranlarni baholashda faqat taomlar sifatiga eʼtibor qaratadi. Bunda beshta asosiy mezonga tayaniladi:

1. Masalliqlar sifati;

2. Pazandachilik texnikalarini mukammal egallaganlik;

3. Taʼmlarning oʻzaro uygʻunligi;

4. Oshpazning oʻziga xos uslubi;

5. Sifatning barqarorligi.

Restoranlarni saralash jarayoni shaxsi oshkor etilmaydigan Michelin Guide inspektorlari tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi. Barcha mamlakatlarda yagona baholash mezonlari qoʻllanilib, restoranlar faqat oshxona mahorati va taomlar sifati asosida tanlanadi.

Michelin Guide nafaqat restoranlar, balki Turkiya va butun dunyo boʻylab saralangan mehmonxonalarni ham oʻz ichiga oladi. Ularning eng nufuzlilari Michelin Keys (Michelin kalitlari) mukofoti bilan taqdirlanadi. Restoranlarga beriladigan Michelin yulduzlari singari ushbu mukofot ham yuksak sifatni eʼtirof etishga xizmat qiladi. Bunda mehmonxonalarning betakror dizayni, meʼmoriy yechimi, xizmat koʻrsatish darajasi va oʻziga xos muhiti, shuningdek, mehmonlarga taqdim etadigan taassurotlari inobatga olinadi.

Michelin kompaniyasi haqida

Michelin insonlar hayotini yaxshilashga xizmat qiluvchi innovatsion va yuqori sifatli materiallar hamda mahsulotlar ishlab chiqarish sohasida jahon yetakchi kompaniyalaridan biridir.

130 yildan ortiq tarixga ega Michelin ilgʻor materiallar ishlab chiqarish boʻyicha boy tajribaga ega. Kompaniya avtomobil transporti, qurilish, aviatsiya, kam uglerodli energetika va sogʻliqni saqlash kabi turli sohalar uchun yuqori sifatli shinalar hamda muhim texnik komponentlar ishlab chiqaradi.

Bosh qarorgohi Fransiyaning Klermon-Ferran shahrida joylashgan Michelin dunyoning 175 mamlakatida faoliyat yuritadi va 129 800 nafar xodimni ish bilan taʼminlaydi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid