platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Fransiyalik jurnalistga “Oltin qalam” mukofoti topshirildi

Dide Labush “Xorijlik jurnalistning Oʻzbekiston haqidagi eng yaxshi materiali” nominatsiyasi boʻyicha gʻolib boʻlgandi. 

Fransiyalik jurnalistga “Oltin qalam” mukofoti topshirildi

Fransiyalik jurnalist, “Georama” nashriyoti asoschisi va direktori Dide Labush “Oltin qalam” milliy mukofoti uchun oʻtkazilgan joriy yilgi xalqaro tanlov gʻoliblaridan biri deb topilgan edi.

Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi vakillarining Fransiyaga safari doirasida mamlakatimizning Parij shahridagi elchixonasida jurnalistga mazkur mukofot topshirildi. Tantanali marosimda jamoatchilik va ekspert doiralari vakillari, vatandoshlar hamda jurnalistlar ishtirok etdi.

Fransiyalik jurnalistga “Oltin qalam” mukofoti topshirildi

Tadbirda soʻzga chiqqan Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Oripov yurtimizda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida soʻz erkinligi va ochiqlikni taʼminlash, jurnalistlarni qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar hamda ularning amaliy natijalari haqida soʻz yuritdi.

Xususan, “Oltin qalam” milliy mukofotining taʼsis etilishi va tanlov doirasida “Xorijlik jurnalistning Oʻzbekiston haqidagi eng yaxshi materiali” nominatsiyasi boʻyicha chet ellik jurnalistlarning har yili taqdirlanishi xalqaro axborot makonida mamlakatimiz haqidagi materiallar salmogʻining oshishiga xizmat qilayotgani taʼkidlandi.

Fransiyalik jurnalistga “Oltin qalam” mukofoti topshirildi

Marosimda Dide Labush xalqaro eʼtirofdan mamnun ekanini, kelgusida Oʻzbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni yanada kengroq yoritishga intilishini bildirdi. Shuningdek, mamlakatimizning ulkan yutuqlari har qanday jurnalistni ular haqida yozishga undashini taʼkidladi.

“Oltin qalam” men uchun shunchaki eʼtirof emas. Bunday nufuzli mukofotni qoʻlga kiritish menga ilhom va faxr bagʻishlaydi”, — dedi u.

Tadbir davomida Dide Labush hamda fransiyalik yana bir jurnalist, “Euronews” telekanali muxbiri Galina Polyanskayaga Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasining faxriy aʼzolik guvohnomalari ham topshirildi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid