platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Erkinjon Turdimovga vazirlik markaziy apparatiga xodimlarni toʻgʻridan toʻgʻri ishga qabul qilish vakolati berildi

Mazkur vakolat istisno tariqasidan 2027 yil fevralgacha taqdim etildi. Bu haqda Taʼlim va ilm-fan vazirligi faoliyati boʻyicha Prezident qarorida aytiladi.  

Erkinjon Turdimovga vazirlik markaziy apparatiga xodimlarni toʻgʻridan toʻgʻri ishga qabul qilish vakolati berildi

“Taʼlim va ilm-fan vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–380-son, 19.10.2026 y.) qabul qilindi.

Qarorga koʻra, Taʼlim va ilm-fan vazirligi taʼlim, ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasidagi vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.

Vazirlikda autsorsing asosida quyidagi faoliyat yoʻlga qoʻyiladi:

- aholi murojaatlari, shikoyatlari, takliflari va eʼtirozlarini qabul qilish, ularni tezkor koʻrib chiqish hamda tegishli tashkilotlarga yoʻnaltirish maqsadida “Call-markaz”;

- aholi hamda taʼlim va ilm-fan tizimi xodimlari bilan tizimli muloqotni taʼminlash, taʼlim xizmatlari sifati, ommabopligi va mavjud muammolar yuzasidan tezkor axborot olish hamda tahlil qilish maqsadida qayta aloqa tizimi.

Taʼlim va ilm-fan vaziri huzurida taʼlim oluvchilar, talabalar, ota-onalar, pedagoglar va ish beruvchilar vakillaridan iborat Taʼlim boʻyicha jamoatchilik kengashi tashkil etiladi.

Vazirlik hayʼati vazir (hayʼat raisi), uning oʻrinbosarlari, Vazirlik huzuridagi agentliklar direktorlari, shuningdek, yetakchi oliy taʼlim tashkilotlari rektorlari, olimlar va pedagoglar orasidan 15 nafar aʼzodan iborat tarkibda tuziladi.

Vazirga istisno tariqasida Vazirlikning markaziy apparatiga 2027 yil 1 fevralga qadar xodimlarni toʻgʻridan-toʻgʻri suhbat asosida ishga qabul qilish vakolati beriladi.

Shuningdek:

- Prezident Administratsiyasi huzurida Inson kapitalini rivojlantirish va uzluksiz taʼlim strategiyasini ishlab chiqish boʻyicha maxsus ishchi guruh tashkil etiladi;

- Vazirlik huzurida Inson kapitalini rivojlantirish jamgʻarmasi hamda Taʼlim va ilm-fan boʻyicha strategik tadqiqotlar va baholash markazi tashkil etiladi;

- Vazirlik huzurida Bilim va malakalarni baholash agentligi tashkil qilinmoqda, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Taʼlimni rivojlantirish markazi faoliyati tugatilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid