platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Buxorodagi intensiv bogʻ saqlab qolindi

Korxona 106 gektar maydonda intensiv mevali bogʻ tashkil etish uchun bankdan kredit olgan. Biroq bogʻ hosilga kirib, daromad keltira boshlagunga qadar kreditni qaytarish muddati kelgani sababli moliyaviy qiyinchiliklar yuzaga kelgan. 

Buxorodagi intensiv bogʻ saqlab qolindi

Buxoro tumanidagi “SIYAVUSH AGRO” MChJ toʻlovga qobiliyatsizlik holatidan chiqib, faoliyatini qayta tikladi. Buning natijasida 10 ta doimiy va 400 nafargacha mavsumiy ish oʻrnini saqlab qolish imkoni yaratildi.

Korxona 106 gektar maydonda intensiv mevali bogʻ tashkil etish uchun “Agrobank” ATBdan kredit olgan. Biroq bogʻ hosilga kirib, daromad keltira boshlagunga qadar kreditni qaytarish muddati kelgani sababli moliyaviy qiyinchiliklar yuzaga kelgan.

Adliya vazirligi huzuridagi Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi koʻmagida qarzdor va bank oʻrtasida muzokaralar oʻtkazildi. Natijada qolgan 14,59 mlrd soʻm qarzni 24 oy davomida, har oyda 608 mln soʻmdan toʻlash boʻyicha kelishuvga erishildi.

Kelishuv bitimi Buxoro viloyat sudining 2026 yil 8 oktabrdagi ajrimi bilan tasdiqlandi. Toʻlovga qobiliyatsizlik ishi tugatilib, korxona faoliyati qayta tiklandi.

Bu holatda qarzni undirish bilan birga, korxonaning ishlashda davom etishi, bogʻning kelgusi hosili va yuzlab mavsumiy ishchilarning bandligini saqlab qolishga ham erishildi.

Toʻlovga qobiliyatsizlik holati har doim ham korxona faoliyati tugashi kerakligini anglatmaydi. Toʻgʻri yechim va oʻzaro kelishuv orqali korxonani qiyin vaziyatdan olib chiqish, ish oʻrinlarini saqlash va iqtisodiy faoliyatni davom ettirish mumkin.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid