platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jahon

Yevropada demokratik institutlar parchalanishi mumkin

Iqtisodiy muammolar, ijtimoiy tengsizlik va anʼanaviy partiyalarga ishonchning pasayishi Yevropada siyosiy kuchlar muvozanatini oʻzgartirmoqda. Yoshlar va ishchilar tobora koʻproq oʻta oʻng hamda oʻta soʻl populistik partiyalarga qoʻshilmoqda

Yevropada demokratik institutlar parchalanishi mumkin
Foto: Getty Images

Yevropaning yetakchi davlatlarida markazchi siyosiy kuchlar jiddiy bosim ostida qolmoqda. Iqtisodiy oʻsishning sustligi, yuqori inflyatsiya, davlat qarzining ortishi va yoshlar uchun iqtisodiy istiqbollarning cheklangani aholining anʼanaviy partiyalardan noroziligini kuchaytirmoqda. Natijada siyosiy tizimdan keskin oʻzgarishlarni talab qilayotgan kuchlar uchun imkoniyatlar kengaymoqda.

Bu jarayon, ayniqsa, Fransiya va Germaniyada yaqqol namoyon boʻlmoqda. Fransiyada Marin Le Pen boshchiligidagi oʻta oʻng «Milliy birlashuv» partiyasi, Germaniyada esa «Germaniya uchun muqobil» (AfD) partiyasining kuchayishi siyosiy markazning zaiflashayotganini koʻrsatadi. Hozirgi vaqtda Yevropada paydo sodir boʻlayotgan namoyishlar faqat radikal partiyalarning ommalashuvida emas. The New York Times nashriga buning asosiy sabab anʼanaviy siyosiy kuchlarning fuqarolar kutgan iqtisodiy va ijtimoiy natijalarni taʼminlay olmayotganligi bilan izohladi.

Yevropada demokratik institutlar parchalanishi mumkin
Foto: Getty Images

Pew Research Center maʼlumotlariga koʻra, demokratiya faoliyatidan Fransiyada aholining 69 foizi, Ispaniyada 68 foizi, Italiyada 62 foizi va Polshada 47 foizi norozi. AQShda ham bu koʻrsatkich 69 foizni tashkil etadi. Bu raqamlar turli mamlakatlarda demokratik institutlarning faoliyatiga nisbatan jiddiy norozilik mavjudligini koʻrsatadi.

Iqtisodiyot boʻyicha Nobel mukofoti laureati Daron Ajemoʻgʻli liberal demokratiyaning asosiy kamchiliklaridan biri umumiy farovonlikni taʼminlay olmagani ekanini taʼkidlaydi. Globallashuv, avtomatlashtirish va iqtisodiy tengsizlikning kuchayishi ishchilar qatlamining mavqeyiga salbiy taʼsir koʻrsatdi. Endilikda sunʼiy intellektning mehnat bozoriga ehtimoliy taʼsiri ham xavotirlarni kuchaytirmoqda.

Muammoning yana bir jihati — siyosiy elita va oddiy fuqarolar oʻrtasidagi tafovut. Anʼanaviy partiyalar koʻplab saylovchilar nazarida kundalik hayotdagi muammolardan uzoqlashgan. Ish haqi, bandlik, taʼlim, sogʻliqni saqlash va xavfsizlik kabi masalalar boʻyicha kutilgan natijalarning yoʻqligi esa siyosiy norozilikni kuchaytirmoqda.

Germaniyadagi vaziyat bu tendensiyani yaqqoloʻzida namoyon qilmoqda. The New York Times tahlilida keltirilgan soʻrovnomalarning oʻrtacha natijalariga koʻra, “Germaniya uchun muqobil” partiyasi 28 foiz qoʻllab-quvvatlash bilan yetakchilik qilmoqda. Xristian-demokratik ittifoq va Xristian-ijtimoiy ittifoqning umumiy koʻrsatkichi 19,8 foiz, «Yashillar»niki 15 foiz, Sotsial-demokratik partiyaniki 13,1 foiz, «Die Linke»niki esa 11,3 foizni tashkil etadi. Bu natijalar anʼanaviy partiyalar uchun saylovchilarni birlashtirish va barqaror koalitsiyalar tuzish tobora qiyinlashayotganini koʻrsatadi.

Yevropada demokratik institutlar parchalanishi mumkin
Foto: Getty Images

Kelgusi saylovlar Yevropaning siyosiy yoʻnalishiga taʼsir qilishi mumkin. 2027 yilda Ispaniya, Fransiya, Italiya va Polshada kutilayotgan muhim saylovlar populistik kuchlarning siyosiy taʼsirini yanada oshirishi ehtimoli bor. Ayniqsa, Fransiyadagi prezidentlik saylovi muhim ahamiyatga ega. Marin Le Penning gʻalabasi Yevropa Ittifoqi, yevro, NATO va Yevropaning Ukrainani qoʻllab-quvvatlash siyosatiga jiddiy taʼsir koʻrsatishi mumkin.

Nashr jurnalistining yozishicha, populizmning kuchayishini faqat saylovchilarning radikal qarashlarga moyilligi bilan izohlash yetarli emas. Bu jarayon, avvalo, mavjud siyosiy tizimga nisbatan ishonch inqirozini aks ettiradi. Fuqarolar iqtisodiy oʻsishning samarasini his qilmasa, ijtimoiy tengsizlik kuchaysa va anʼanaviy partiyalar ularning muammolariga yechim taklif qila olmasa, keskin oʻzgarishlarni vaʼda qilayotgan siyosiy kuchlar uchun imkoniyat paydo boʻladi.

Yevropada demokratik institutlar parchalanishi mumkin
Foto: Getty Images

Shu sababli Yevropadagi markazchi partiyalar oldida turgan asosiy vazifa namoyishchiolarning ritorikasini takrorlash emas, balki saylovchilar ishonchini amaliy natijalar orqali qayta qozonishi kerak boʻladi. Buning uchun yangi ish oʻrinlarini yaratish, ish haqi oʻsishini taʼminlash, taʼlim va sogʻliqni saqlash tizimlarini yaxshilash hamda oliy maʼlumotga ega boʻlmagan fuqarolar uchun kasbiy rivojlanish imkoniyatlarini kengaytirish zarur.

Yevropadagi siyosiy siljishlar iqtisodiy va ijtimoiy muammolar bilan chambarchas bogʻliq. Populistik partiyalarning kuchayishi anʼanaviy siyosiy markazga berilayotgan ogohlantirishdir demokratiyaning barqarorligi nafaqat siyosiy institutlarga, balki fuqarolarning kundalik hayotida seziladigan farovonlik, adolat va kelajakka ishonchga ham bogʻliq.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid