platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Samarqandda YPX xodimining qonuniy talabiga boʻysunmay, uni haqorat qilgan oʻquvchilar ushlandi

Oʻquvchilar ijaraga olingan Malibu-2 avtomobilida Ishtixon tumani koʻchalarida harakatlanib, YPX xodimining toʻxtash talabiga boʻysunmagan. Xodimni haqorat qilib, uni obroʻsizlantiruvchi videotasvirlarni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan. 

Samarqandda YPX xodimining qonuniy talabiga boʻysunmay, uni haqorat qilgan oʻquvchilar ushlandi

Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida YPX xodimining qonuniy talabiga boʻysunmay, uni haqorat qilgan texnikum oʻquvchilari aniqlandi. Bu haqda viloyat YHXB xabar berdi.

Texnikum oʻquvchilari ijaraga olingan Malibu-2 avtomobilida Ishtixon tumani koʻchalarida harakatlanib, YPX xodimining toʻxtash talabiga boʻysunmagan. Shuningdek, ular xodimni haqorat qilib, uni obroʻsizlantiruvchi videotasvirlarni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan.

YHXB eʼlon qilgan videoda oʻquvchilardan biri avtomobilni 1,2 mln soʻmga ijaraga olganini va YPX xodimining toʻxtash talabiga boʻysunmaganini aytgan.

Yana bir oʻquvchi esa YPX xodimlarining toʻxtash talabiga boʻysunmay, qochib ketganini va ularni haqorat qilganini bildirgan.

Oʻrganishlar davomida qoidabuzarliklarni sodir etgan shaxslar Kattaqoʻrgʻon tumanidagi 2-sonli texnikum oʻquvchilari ekani aniqlangan.

Shundan soʻng holat oʻquvchilar tahsil olayotgan taʼlim muassasasida tanqidiy muhokama qilingan.

Holat yuzasidan Ishtixon tumani ichki ishlar boʻlimi tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan. Toʻplangan materiallar qonuniy qaror qabul qilish uchun prokuratura organlariga yuborildi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid