platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Oʻzbekistonlik jurnalistlar AFP tajribasi bilan tanishdi

Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi vakillari Fransiyada boʻldi. Unda shuningdek, Fransiya Yevropa va tashqi ishlar vazirligining Kommunikatsiyalar va matbuot departamenti direktori Emmanuel Lebrun-Damiyen va Jamoatchilik bilan aloqalar boʻyicha Yevropa instituti direktori Tatyana Lebedeva bilan uchrashuvlar oʻtkazildi.

Oʻzbekistonlik jurnalistlar AFP tajribasi bilan tanishdi

Oʻzbekistonlik jurnalistlar AFP tajribasi bilan tanishdi. Fransiyada boʻlib turgan Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi delegatsiyasi aʼzolari dunyodagi yetakchi axborot agentliklaridan biri Agence France-Presse (AFP) faoliyati bilan tanishdi.

AFP vakillari bilan muloqotda raqamli jurnalistika, faktcheking va axborotning ishonchliligini taʼminlash masalalari yuzasidan oʻzaro tajriba almashildi.

Oʻzbekistonlik jurnalistlar AFP tajribasi bilan tanishdi

Uchrashuv yakunida Agentlik kelgusida oʻzbekistonlik jurnalistlar uchun maxsus oʻquv kurslarini tashkil etish va Oʻzbekistonda oʻz muxbirlik byurosini ochish istagini bildirdi.

AFP — 1944 yilda tashkil etilgan, dunyoning yetakchi uchta axborot agentligidan biri. Dunyo boʻylab agentlikning 210 ta byurosi faoliyat yuritadi.

Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi vakillarini Fransiya Yevropa va tashqi ishlar vazirligining Kommunikatsiyalar va matbuot departamenti direktori Emmanuel Lebrun-Damiyen qabul qildi.

Oʻzbekistonlik jurnalistlar AFP tajribasi bilan tanishdi

Uchrashuv davomida xalkaro kommunikatsiya tendensiyalari, Oʻzbekiston va Fransiya ommaviy axborot vositalari oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, jurnalistlar tajriba almashuviga qaratilgan qoʻshma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.

Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi delegatsiyasi Fransiyaga safari doirasida Jamoatchilik bilan aloqalar boʻyicha Yevropa instituti direktori Tatyana Lebedeva bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Muloqot davomida Uyushma va Institut oʻrtasida hamkorlik oʻrnatish, birgalikda jurnalistlar uchun raqamli media, kommunikatsiya boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish, Oʻzbekiston media sohasi vakillarining Yevropa OAVlarida tajriba almashish dasturlarini amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.

Tatyana Lebedeva 2014 yildan buyon Jamoatchilik bilan aloqalar boʻyicha Yevropa institutiga rahbarlik qilib kelmoqda. U kommunikatsiya sohasi olimi, xalqaro dasturlar mutaxassisi va koʻplab kitoblar muallifi sifatida tanilgan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid