platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Firibgarlikda ayblangan shaxs Istanbulda qoʻlga olindi

Mazkur shaxs belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining sud organlariga topshirildi.

Firibgarlikda ayblangan shaxs Istanbulda qoʻlga olindi

Oʻzbekiston va Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari oʻrtasidagi hamkorlik davomida Istanbul shahrida xalqaro qidiruvda boʻlgan Oʻzbekiston fuqarosi aniqlandi va qoʻlga olindi. Bu haqda Oʻzbekistonning Istanbul shahridagi konsulxonasi xabar qildi.

Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi (firibgarlik) bilan ayblanib, xalqaro qidiruvda boʻlgan U.N. qoʻlga olindi.

Mazkur shaxs belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining sud organlariga topshirildi.

Oʻzbekiston va Turkiya vakolatli idoralari oʻrtasida jinoyatchilikka qarshi kurashish, xalqaro qidiruvdagi shaxslarni aniqlash va ularning javobgarlikdan qochib yurishiga yoʻl qoʻymaslik borasidagi hamkorlik izchil davom etmoqda.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid