platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Madaniyat

Buxoroda “Ozarbayjon madaniyati: Adabiyot va sanʼat haftaligi” doirasida doʻstlik konserti tashkil etildi

Buxoro viloyati hokimligi hamda Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Buxoro viloyati rasmiylari, madaniyat va sanʼat namoyandalari, jamoatchilik vakillari, mahalliy aholi hamda shahar mehmonlari ishtirok etdilar. 

Buxoroda “Ozarbayjon madaniyati: Adabiyot va sanʼat haftaligi” doirasida doʻstlik konserti tashkil etildi

Tadbirda soʻzga chiqqan Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Akif Marifli Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida ikki mamlakat oʻrtasidagi doʻstlik, birodarlik va ittifoqchilik munosabatlari izchil rivojlanib, sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarilayotganini taʼkidladi.

U davlat rahbarlari tomonidan madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirishga qaratilayotgan alohida eʼtibor va qoʻllab-quvvatlash qoʻshma madaniy loyihalarni amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratib berayotganini qayd etdi.

Akif Marifli “Ozarbayjon madaniyati: Adabiyot va sanʼat haftaligi” doirasidagi tadbirlarni tashkil etish va yuqori saviyada oʻtkazishga koʻrsatgan amaliy yordami uchun Buxoro viloyati hokimligi, Buxoro shahar hokimligi, Buxoro davlat universiteti hamda Oʻzbekiston davlat filarmoniyasining Buxoro viloyati boʻlimiga oʻz minnatdorligini bildirdi. Shuningdek, u Ozarbayjon madaniyatini Oʻzbekistonda keng targʻib etish va tanitishga qaratilgan loyihalar kelgusida ham izchil davom ettirilib, mamlakatning boshqa hududlarini ham qamrab olishini taʼkidladi.

Buxoroda “Ozarbayjon madaniyati: Adabiyot va sanʼat haftaligi” doirasida doʻstlik konserti tashkil etildi

Buxoro viloyati hokimining oʻrinbosari Botirjon Shahriyorov oʻz nutqida Ozarbayjon va Oʻzbekiston xalqlarini mushtarak tarixiy ildizlar, boy madaniy meros hamda milliy-maʼnaviy qadriyatlar birlashtirib turishini alohida taʼkidladi. U Buxoroda Ozarbayjon madaniyatiga bagʻishlangan turkum tadbirlarning oʻtkazilishi ikki qardosh xalq oʻrtasidagi koʻp asrlik doʻstlik va birodarlik rishtalarini yanada mustahkamlashga xizmat qilayotganini qayd etib, bunday madaniy loyihalar oʻzaro madaniy almashinuv, milliy merosni keng targʻib etish va hamkorlik aloqalarini rivojlantirish nuqtai nazaridan muhim ahamiyat kasb etishini bildirdi.

Rasmiy chiqishlardan soʻng Ozarbayjon va Oʻzbekiston sanʼatkorlari ishtirokida boy va rang-barang konsert dasturi namoyish etildi. Konsert davomida ikki qardosh xalqning boy musiqiy merosi, milliy-madaniy qadriyatlari hamda koʻp asrlik sanʼat anʼanalarini oʻzida mujassam etgan turli musiqiy asarlar ijro etildi.

Ozarbayjon va Oʻzbekiston sanʼatkorlarining mahorat bilan ijro etgan musiqiy asarlari konsert dasturiga oʻzgacha fayz va joziba bagʻishlab, tomoshabinlarga koʻtarinki kayfiyat ulashdi. Tarixiy Koʻkaldosh madrasasida tashkil etilgan mazkur madaniy tadbir mahalliy aholi va shahar mehmonlari tomonidan katta qiziqish hamda gulduros qarsaklar bilan kutib olindi.

Mazkur konsert dasturi Ozarbayjon va Oʻzbekiston xalqlari oʻrtasidagi koʻp asrlik doʻstlik va birodarlik munosabatlarini yanada mustahkamlash, ikki xalqning boy musiqiy merosini oʻzaro targʻib etish, shuningdek, mamlakatlar oʻrtasidagi madaniy-gumanitar hamkorlikni yangi mazmun bilan boyitishga muhim hissa qoʻshdi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid