platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Iqtisod

AQSh maʼmuriyati Jekson-Vanik tuzatishini bekor qilish tarafdori — Marko Rubio

Davlat kotibiga koʼra, Kongress sovuq urush davrida joriy etilgan Jekson-Vanik tuzatishini bekor qilishga hali ulgurmagan.

AQSh maʼmuriyati Jekson-Vanik tuzatishini bekor qilish tarafdori — Marko Rubio
Foto: Reuters

AQSh hukumati sobiq SSSR davlatlariga qoʻllagan Jekson-Vanik tuzatishini bekor qilish tarafdori. Bu haqda AQSh Davlat kotibi Marko Rubio 19 oktabr kuni Samarqanddagi Registon maydoniga tashrifi doirasidagi jurnalistlar bilan muloqotda maʼlum qildi.

Uning aytishicha, AQSh maʼmuriyati Kongressdan ushbu cheklovni bekor qilishni soʻragan, biroq Kongress hozircha bu masalani hal qilishga ulgurmagan.

“Biz uni bekor qilish tarafdorimiz. Kongressda ham buni qoʻllab-quvvatlaydigan bir nechta kuchli ovozlar bor. Senatdagi tasdiqlash eshituvlari vaqtida ham mendan bu haqda soʻrashgan va men tuzatishni bekor qilish tarafdori ekanimni aytganman. Maʼmuriyat ham buni amalga oshirishni soʻragan. Kongress hali bunga ulgurmadi, ammo umid qilamizki, bu masala hal etiladi”, — dedi Rubio.

2025 yilning noyabr oyida respublikachi senator Jeyms Rish C5+1 platformasining 10 yilligiga bagʻishlangan tadbirda AQSh Senatiga Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun Jekson-Vanik tuzatishi doirasidagi cheklovlarni bekor qilishga qaratilgan qonun loyihasi kiritilishini maʼlum qilgan edi.

Uning aytishicha, senator Stiv Deyns va boshqa hamkasblari bilan birgalikda tayyorlangan qonun loyihasi mintaqa mamlakatlari bilan iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi. Rish Markaziy Osiyo mamlakatlari Rossiya va Xitoy kabi yirik davlatlar orasida joylashganini taʼkidlab, AQSh mintaqa davlatlariga iqtisodiy hamkorlik uchun imkoniyatlar taklif qilayotganini bildirdi.

Jekson-Venik tuzatishi Savdo qonuniga AQSh Kongressi tomonidan 1974 yilda sovuq urush davrida qabul qilingan edi. U fuqarolarning emigratsiyasiga ruxsat bermagan yoki bunga toʻsqinlik qilgan “bozor iqtisodiyotiga ega boʻlmagan” mamlakatlar bilan savdo aloqalarini cheklaydi.

Asosiy maqsad Sovet Ittifoqi va boshqa sotsialistik lager mamlakatlaridan chiqib ketishni taqiqlashga qarshi kurashish edi. SSSR allaqachon parchalanib ketgan boʻlsa-da, tuzatish Markaziy Osiyoni ham qoʻshgan holda, baʼzi mamlakatlar uchun kuchda qolgan edi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid