Toshkentda qizamiq tarqalgani boʻyicha xabarlarga izoh berildi
Tarqalgan koʻrsatkichlar 2026 yilning oʻtgan 9 oyi davomidagi jamlanma (umumiy) maʼlumot boʻlib, ularni aynan hozirgi kundagi vaziyat deb talqin qilish notoʻgʻri, deyiladi xabarda.

Toshkentda qizamiq tarqalgani boʻyicha xabarlar rad etildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida qizamiq kasalligiga gumon qilingan 290 ta holat aniqlangani va 10 ming atrofidagi muloqotda boʻlganlar roʻyxatga olingani haqida xabarlar tarqalmoqda.
SSVga koʻra, ayni paytda poytaxt va mamlakatimizda qizamiq boʻyicha epidemiologik vaziyat barqaror, xavotirga hech qanday asos yoʻq.
Tarqalgan koʻrsatkichlar 2026 yilning oʻtgan 9 oyi davomidagi jamlanma (umumiy) maʼlumot boʻlib, ularni aynan hozirgi kundagi vaziyat deb talqin qilish notoʻgʻri.
Eʼtiborlisi, qizamiq bilan kasallanish koʻrsatkichi 2025 yilning mos davriga nisbatan 40 foizga kamaygan.





