platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Toshkentda qariyb 2 ming fuqaroning mulkka boʻlgan huquqi eʼtirof etildi

Shundan soʻng ular uy-joyni oldi-sotdi qilish, hadya etish, meros qoldirish, bank kreditlari uchun garov sifatida rasmiylashtirish, mulk bilan bogʻliq boshqa huquqlarni qonuniy amalga oshirish imkoniyatiga ega boʻldi.

Toshkentda qariyb 2 ming fuqaroning mulkka boʻlgan huquqi eʼtirof etildi

Uzoq yillar davomida ayrim fuqarolarimiz oʻzlari yashab kelayotgan uy-joylari, foydalanib kelayotgan yer maydonlari hamda bunyod etgan bino-inshootlariga nisbatan huquqlarini rasmiylashtira olmay, koʻp savollar va muammolar bilan yashab kelishdi.

Oʻzbekiston Respublikasining OʻRQ-937-sonli Qonuni ana shunday uzoq yillik muammolarga yechim boʻldi.

Xalq deputatlari Toshkent shahri Kengashining navbatdagi sessiyasida Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan xatlov ishlari natijasiga koʻra, yana 921 nafar fuqaroning yakka tartibdagi uy-joylari, ular joylashgan yer uchastkalariga nisbatan egalik huquqlari eʼtirof etildi.

Shu tariqa, Toshkent shahrida “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonun ijrosi boʻyicha huquqlari eʼtirof etilgan fuqarolar soni 1 848 nafarga yetdi.

Bu koʻrsatkich shunchaki hisobotdagi quruq raqamlar emas. Bu — yillar davomida hujjat sabab sarson boʻlgan oilalarning xotirjamligi, roʻyobga chiqqan orzulari hamda kadastr sohasi fidoyilarining tunu kun olib borgan mashaqqatli mehnati mahsulidir.

Mazkur xalqchil Qonun fuqarolarga oʻz uy-joylariga boʻlgan huquqlarini belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish imkonini beradi.

Shundan soʻng ular uy-joyni oldi-sotdi qilish, hadya etish, meros qoldirish, bank kreditlari uchun garov sifatida rasmiylashtirish, mulk bilan bogʻliq boshqa huquqlarni qonuniy amalga oshirish imkoniyatiga ega boʻladi.

Har bir eʼtirof etilgan huquq — fuqarolar xotirjamligi, oilalar farovonligi va qonuniy manfaatlar himoyasining muhim ifodasidir.
Maʼlumot oʻrnida: bugungi kunga qadar kadastr muhandislari tomonidan poytaxt mahallalarida joylashgan 92 000 dan ziyod koʻchmas mulk obʼekti toʻliq xatlovdan oʻtkazildi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid