platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Qibraydagi yer maydonidan giyohvand moddalar va qurol topildi

Jami 7 kg “marixuana” giyohvandlik vositasi, IJ-38 rusumli pnevmatik qurol va 12 mm kalibrli 3 dona patron ashyoviy dalil sifatida olindi.

Qibraydagi yer maydonidan giyohvand moddalar va qurol topildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar boʻyicha boshqarmasi hamda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi.

Tadbir davomida Toshkent viloyatining Qibray tumanida yashovchi, 1986 y.t., muqaddam sudlangan fuqaroga qishloq xoʻjaligi yoʻnalishida foydalanish uchun uzoq muddatga ijaraga berilgan yer maydoni chetida joylashgan ikkita konteyner xolislar ishtirokida koʻzdan kechirildi.

Natijada, konteynerlardan quruq holatda saqlanayotgan jami 7 kg “marixuana” giyohvandlik vositasi, IJ-38 rusumli pnevmatik qurol va 12 mm kalibrli 3 dona patron ashyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid