platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Kurerni haqorat qilgan restoran xodimiga maʼmuriy ish ochildi

Poytaxt IIBBga koʻra, Brasserie Park restorani piyodalar yoʻlagining bir qismini noqonuniy ravishda oʻz hududiga qoʻshib olgan. 

Kurerni haqorat qilgan restoran xodimiga maʼmuriy ish ochildi

Toshkentda kurerni haqorat qilgan restoran xodimiga maʼmuriy ish ochildi.

Poytaxt IIBBga koʻra, Brasserie Park restorani piyodalar yoʻlagining bir qismini noqonuniy ravishda oʻz hududiga qoʻshib olgan.

17 yoshli yigit shu yoʻlakdan skuterda oʻtmoqchi boʻlganida, restoran xodimi uni toʻxtatishga uringan.

Shundan soʻng 36 yoshli shaxsga nisbatan mayda bezorilik boʻyicha maʼmuriy bayonnoma tuzilib, hujjatlar sudga yuborildi.

Bundan tashqari, hokimlik restoranning piyodalar yoʻlagida tashkil etilgan yozgi maydonchasi olib tashlanganini maʼlum qildi.

Keyinchalik restoran xodimi ham kurerdan kechirim soʻradi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid