platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Siyosat

“Bu mukofotni Oq uyga taqib kiraman!”: Shavkat Mirziyoyev Marko Rubioni mukofotladi

Marko Rubio “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi. Uning Oʻzbekiston va AQSh oʻrtasidagi strategik sheriklikni rivojlantirish, siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirishdagi hissasi eʼtirof etildi. Serjio Gor esa Oʻzbekiston va AQSh oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarni mustahkamlash hamda strategik sheriklikni kengaytirishga qoʻshgan hissasi uchun “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlandi.

“Bu mukofotni Oq uyga taqib kiraman!”: Shavkat Mirziyoyev Marko Rubioni mukofotladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qoʻshma Shtatlari Davlat kotibi Marko Rubio va AQSh Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili Serjio Gorga davlat mukofotlarini topshirdi.

“Bu mukofotni Oq uyga taqib kiraman!”: Shavkat Mirziyoyev Marko Rubioni mukofotladi

Marko Rubio “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi. Uning Oʻzbekiston va AQSh oʻrtasidagi strategik sheriklikni rivojlantirish, siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish, Markaziy Osiyoda tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni taʼminlashga qaratilgan saʼy-harakatlarni qoʻllab-quvvatlashga qoʻshgan ulkan shaxsiy hissasi eʼtirof etildi. Shuningdek, Yangi Oʻzbekistonning xalqaro tashabbuslarini ilgari surish, ikki mamlakat xalqlari oʻrtasidagi ishonch va doʻstlikni mustahkamlash yoʻlidagi xizmatlari alohida taʼkidlandi.

“Bu mukofotni Oq uyga taqib kiraman!”: Shavkat Mirziyoyev Marko Rubioni mukofotladi

Serjio Gor esa Oʻzbekiston va AQSh oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarni mustahkamlash hamda strategik sheriklikni kengaytirishga qoʻshgan hissasi uchun “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlandi. Uning siyosiy muloqotni faollashtirish, ikki tomonlama kelishuvlarni amalga oshirish, amerikalik sarmoyadorlarni jalb etish va qoʻshma loyihalarni ilgari surish borasidagi saʼy-harakatlari, shuningdek, Amerika – Oʻzbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi doirasidagi hamkorlikni rivojlantirishdagi xizmatlari eʼtirof etildi.

“Bu mukofotni Oq uyga taqib kiraman!”: Shavkat Mirziyoyev Marko Rubioni mukofotladi
Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid