platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Shavkat Mirziyoyev Imom Moturidiy yodgorlik majmuasidagi ishlar bilan tanishdi

Imom Moturidiy va Burhoniddin Margʻinoniy maqbaralari toʻliq rekonstruksiya qilindi. Majmua tarkibida alloma merosini chuqur oʻrganishga moʻljallangan ilmiy markaz, kutubxona va muzey tashkil etildi.

Shavkat Mirziyoyev Imom Moturidiy yodgorlik majmuasidagi ishlar bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahridagi Imom Moturidiy yodgorlik majmuasida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

Davlatimiz rahbarining qaroriga muvofiq, oʻtgan yili yurtimizda Abu Mansur Moturidiy tavalludining 1155 yilligi keng nishonlandi. Shu munosabat bilan Chokardiza qabristoni hududidagi majmuani qayta taʼmirlash va obodonlashtirish ishlari boshlangan edi.

Shavkat Mirziyoyev Imom Moturidiy yodgorlik majmuasidagi ishlar bilan tanishdi

Umumiy maydoni 10,2 gektar boʻlgan hududda ziyoratchilar uchun yangi masjid barpo etildi. Imom Moturidiy va Burhoniddin Margʻinoniy maqbaralari toʻliq rekonstruksiya qilindi. Majmua tarkibida alloma merosini chuqur oʻrganishga moʻljallangan ilmiy markaz, kutubxona va muzey tashkil etildi.

Shavkat Mirziyoyev Imom Moturidiy yodgorlik majmuasidagi ishlar bilan tanishdi

Prezidentimiz ushbu ilm maskanlarining ahamiyatiga alohida toʻxtaldi.

– Bunday ilm oʻchoqlarini tashkil etishdan maqsadimiz – buyuk ajdodlarimiz merosini chuqur oʻrganish va yoshlarimizga yetkazish. Bizga bugun bu ilm juda kerak. Bu yerda qancha yoshlarimiz Moturidiy bobomizning ming yil oldin yozgan asarlarini oʻrganadi. U zot ming yil oldin har bir masalani chuqur ilm va aniq dalillar bilan asoslab, odamlarni jaholatdan ogohlantirganlar. Ushbu asarlarni oʻrganish, ularning mazmun-mohiyatini yoshlarimizga yetkazish bugun har qachongidan ham muhim.

Shavkat Mirziyoyev Imom Moturidiy yodgorlik majmuasidagi ishlar bilan tanishdi

Ziyoratgohning kirish qismida peshtoq, tashrif buyuruvchilar uchun mehmonxonalar va avtoturargoh barpo etildi. Majmua hududiga mahalliy hamda yurtimiz iqlimiga mos xorijiy daraxt va buta koʻchatlari ekildi.

Allomalar xotirasi yod etilib, Qurʼon tilovat qilindi.

Davlatimiz rahbari majmuaga kelgan inson Imom Moturidiyning ilmiy-maʼnaviy merosi va islom olamidagi oʻrni haqida tasavvurga ega boʻlishi kerakligini taʼkidladi.

Shavkat Mirziyoyev Imom Moturidiy yodgorlik majmuasidagi ishlar bilan tanishdi

– Bunday buyuk qadamjolarni obod qilish zamirida katta maʼnaviyat, maʼrifat, taʼlim va ilm bor. Odamlar bu yerga kelib, nafaqat ziyorat qilsin, balki bilim olsin, oʻzligini anglasin, – dedi Prezidentimiz.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid