platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Samarqand shahriga kirish va harakatlanish vaqtincha cheklanadi

19 oktabr kuni shaharga AQSh davlat kotibi Marko Rubio boshchiligida delegatsiya keladi. “C5+1” formatidagi Markaziy Osiyo tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi oʻtkaziladi. 

Samarqand shahriga kirish va harakatlanish vaqtincha cheklanadi

Samarqand shahrida 19–22 oktabr kunlari oʻtkaziladigan nufuzli xalqaro tadbirlar munosabati bilan 18 oktabrdan 22 oktabrga qadar shaharga kirish yoʻllari hamda ayrim koʻchalarda transport vositalarining harakati vaqti-vaqti bilan cheklanadi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

Xususan, Samarqand shahrining quyidagi koʻchalarida harakat cheklanishi belgilangan (rasm).

Samarqand shahriga kirish va harakatlanish vaqtincha cheklanadi

Ushbu davrda yoʻl harakati ishtirokchilariga aylanma yoʻllar orqali harakatlanish tashkil etiladi.

Samarqand shahriga kirish va harakatlanish vaqtincha cheklanadi

Istisno tariqasida, faqat tezkor xizmatlarning maxsus avtotransport vositalari harakatlanishiga ruxsat beriladi. Shuningdek, viloyat hududidan tranzit oʻtuvchi transport vositalari uchun ham alohida aylanma yoʻnalishlar ajratilgan.

19 oktabr kuni shaharga AQSh davlat kotibi Marko Rubio boshchiligida delegatsiya keladi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid