platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Sport

Devid Bekxem FIFA prezidenti boʻlishi mumkin

Amaldagi rahbar Janni Infantino JChni xususiy boshqaruvga berish masalasida mojaro markaziga tushib qolgandi. 

Devid Bekxem FIFA prezidenti boʻlishi mumkin

Sky Sports xabariga koʻra, Angliya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi va Amerikaning "Inter Mayami" klubining hamraisi Devid Bekxem Xalqaro Futbol Assotsiatsiyalari Federatsiyasi (FIFA) prezidenti lavozimiga nomzod sifatida koʻrib chiqilmoqda.

​Manbaga koʻra, Yevropa Futbol Assotsiatsiyalari Ittifoqi (UEFA), Shimoliy, Markaziy Amerika va Karib dengizi futboli konfederatsiyasi (CONCACAF) va Germaniya Futbol Assotsiatsiyasi (DFB) amaldagi FIFA prezidenti Janni Infantinoning isteʼfosini talab qilish uchun koalitsiya tuzishni rejalashtirmoqda.

​51 yoshli Bekxem ushbu koalitsiya tomonidan koʻrib chiqilayotgan yetakchi nomzodlardan biri.

Futbol rasmiylari uning xalqaro miqyosdagi mashhurligi, obroʻsi va Qoʻshma Shtatlarda futbol loyihalarini rivojlantirish tajribasi global futbol hamjamiyatini birlashtirishga yordam berishi mumkinligiga ishonishadi.

​Janni Infantino 2016 yil fevral oyidan beri FIFA prezidenti lavozimida ishlab kelmoqda.

​Futbolchilik faoliyati davomida Bekxem "Manchester Yunayted"," Real Madrid", "Milan" va "PSJ" (Pari Sen-Jermen) kabi klublarda oʻynagan. Biroq, uning FIFA prezidenti lavozimiga rasmiy nomzodi boʻlishi haqida hozircha hech qanday rasmiy maʼlumot yoʻq.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid