platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jahon

Yuzlab samolyotlar dron tahdidi sabab Moskvaga qoʻna olmadi

Natijada Toshkentdan uchib kelayotgan "Aeroflot" reysi Sankt-Peterburgga, Samarqanddan uchib kelayotgan Ural Airlines reysi esa Yekaterinburgga yoʻnaltirildi.

Yuzlab samolyotlar dron tahdidi sabab Moskvaga qoʻna olmadi

16 oktabr kuni Oʻzbekistondan uchgan ikkita samolyot va yana 370 dan ortiq boshqa reyslar dron tahdidlari tufayli Moskvaga qoʻna olmadi.

Xabar berilishicha, tungi parvozlarga cheklovlar qoʻyilganidan soʻng, Moskva aeroportlarida 370 dan ortiq reyslar kechiktirildi yoki bekor qilindi. Toshkentdan uchib kelayotgan "Aeroflot" reysi Sankt-Peterburgga, Samarqanddan uchib kelayotgan Ural Airlines reysi esa Yekaterinburgga yoʻnaltirildi.

Yuzlab samolyotlar dron tahdidi sabab Moskvaga qoʻna olmadi
Yuzlab samolyotlar dron tahdidi sabab Moskvaga qoʻna olmadi

Moskva meri Sergey Sobyaninning soʻzlariga koʻra, tungi vaqtda shaharga yaqinlashayotganda 134 ta dron urib tushirilgan. Parvozlarga qoʻyilgan cheklovlar bugun ertalab bekor qilina boshladi.

Bundan tashqari Rosaviatsiya xabarlariga koʻra, Sankt-Peterburg (Pulkovo), Penza, Saratov, Saransk, Ufa, Gelendjik, Kaluga, Nijniy Novgorod, Tambov, Perm, Pskov, Kaliningrad, Cherepovets, Qozon, Yaroslavl, Ulyanovsk, Cheboksari, Kirov, Samara, Yekaterinburg, Tyumen, Nijnekamsk va Ijevsk aeroportlarida vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi.

Rossiya Mudofaa vazirligi ertalabki yangilanishida Rossiyaning 26 ta mintaqasida 644 ta Ukraina uchuvchisiz uchish apparati yoʻq qilingani yoki ushlangani haqida xabar berdi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid