Yangi Toshkentga investitsiya kiritish uchun maxsus Telegram-bot ishga tushirildi
Xizmat oʻzbek, rus, ingliz va xitoy tillarida ishlaydi. Dastlabki bosqichda loyiha konsepsiyasini taqdim etish kifoya. Har bir arizaga roʻyxatga olish raqami berilib, investor keyingi jarayonlar haqida maʼlumot oladi.

Yangi Toshkent qurilishiga xususiy investitsiyalarni jalb etish va investorlar uchun qulay sharoit yaratish maqsadida “Yangi Toshkentga investitsiya kiriting!” chat-boti ishga tushirilmoqda.
Endilikda investitsiya loyihalarini Telegram’dagi @yt_investitsiya_bot orqali yoki newtashkent.uz rasmiy saytida taklif etish mumkin.
Xizmat oʻzbek, rus, ingliz va xitoy tillarida ishlaydi. Dastlabki bosqichda loyiha konsepsiyasini taqdim etish kifoya. Har bir arizaga roʻyxatga olish raqami berilib, investor keyingi jarayonlar haqida maʼlumot oladi.
Soʻnggi uch yilda Yangi Toshkentga 2 milliard dollardan ortiq investitsiya kiritildi. Birinchi bosqichda esa 6 ming gektar hududda 50 milliard dollardan ziyod qiymatdagi loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.
Maqsad — investorlar uchun toʻsiqlarni kamaytirish, istiqbolli tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash va Yangi Toshkent rivojiga yangi imkoniyatlar ochish.





