platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Surxondaryoda ayiq va uchta yovvoyi toʻngʻizni ovlaganlar ushlandi

Hayvonot dunyosiga jami 679 mln 800 ming soʻm moddiy zarar yetkazilgan. Huquqbuzarlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 202-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. 

Surxondaryoda ayiq va uchta yovvoyi toʻngʻizni ovlaganlar ushlandi

Samarqand va Surxondaryo viloyatlari Ekologiya va iqlim oʻzgarishi bosh boshqarmalari xodimlari hamkorligida navbatdagi reyd tadbiri oʻtkazildi.

Reyd davomida oq rangli “Niva Legend” rusumli avtomashina toʻxtatilib, koʻzdan kechirilganida ustki yukxonasida 8 ta qopda 1 dona ayiq va 3 dona yovvoyi choʻchqaning tana boʻlaklari topilgan.

Shuningdek, avtomashinada 3 dona soyli stvolli ov quroli, MS-2112 rusumli silliq stvolli ov miltigʻi, Monza rusumli oʻqlangan, oʻqdonida 7,62 kalibrli 4 dona oʻq boʻlgan soyli stvolli ov quroli, 43 dona 7,62 kalibrli jangovar oʻq-dori, 56 dona mayda sochmali oʻq, 13 dona yakka jangovar oʻq, 2 dona binokl, 2 dona ovoz pasaytiruvchi moslama (glushitel), pichoqlar, fonarlar, bolta va boshqa buyumlar aniqlangan.

​Reyd davomida huquqbuzarlar tomonidan Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani hududida Qizil kitobga kiritilgan 1 dona Tyan-Shan qoʻngʻir ayigʻi va 3 dona yovvoyi toʻngʻiz noqonuniy ovlanganligi maʼlum boʻldi. Natijada hayvonot dunyosiga 679 mln 800 ming soʻm moddiy zarar yetkazilgan.

​Holat yuzasidan ov qurollari, oʻq-dorilar, ruxsatnomalar va ovchilik guvohnomalari vaqtincha saqlash uchun Samarqand viloyati IIBga topshirildi, transport vositasi jarima maydonchasiga joylashtirildi. Shuningdek, huquqbuzarlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 202-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid