platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Oʻzini “Prezident administratsiyasi masʼul xodimi” deya 500 ming dollar soʻragan shaxsga hukm oʻqildi

U tadbirkorni administratsiya tomonidan uning faoliyati boʻyicha tekshirish oʻtkazish topshirigʻi berilganini aytib qoʻrqitgan. 

Oʻzini “Prezident administratsiyasi masʼul xodimi” deya 500 ming dollar soʻragan shaxsga hukm oʻqildi

Toshkent shahrida yashovchi nuroniy buxorolik tadbirkorga qoʻngʻiroq qilib, oʻzini “Prezident administratsiyasi masʼul xodimi” sifatida tanishtirgan.

Soʻngra administratsiya tomonidan uning faoliyati boʻyicha tekshirish oʻtkazish topshirigʻi berilganini aytib qoʻrqitgan. Shundan soʻng “arizani tinchitish” uchun 500 ming dollar soʻragan.

H.Yu. tadbirkorga administratsiya tomonidan y rahbarlik qilayotgan jamiyat faoliyati boʻyicha tekshirish oʻtkazish topshirigʻi berilganini, jamiyatga ajratilgan kredit mablagʻlari maqsadsiz sarflangani yuzasidan maʼlumotlar borligini aytib qoʻrqitgan.

Tekshirish yakunida barcha mol-mulklaridan mahrum boʻlishi mumkinligini bildirgan.

Tadbirkor uning bank kartasiga 10 mln soʻm oʻtkazgan. H.Yu. tadbirkor bilan koʻrishganida tezkor tadbirda ushlandi.

JIB Buxoro shahar sudi hukmi bilan H.Yu. Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “a” bandida (juda koʻp miqdorda tovlamachilik) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga Jinoyat kodeksining 57-moddasini qoʻllagan holda 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid