platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Oʻzbekistonda qishda elektr taʼminoti uzluksiz boʻlishiga kafolat bormi? Mutaxassis izoh berdi

Oʻzbekistonda elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatlari ehtiyojni qoplash uchun yetarli zaxiraga ega ekanligi aytilmoqda. Biroq bu qish mavsumida aholi elektr taʼminotida uzilishlar boʻlmasligini kafolatlaydimi? Energetika sohasi vakili bu borada izoh berib, mamlakatda elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatlari ortigʻi bilan mavjudligini taʼkidladi.

“Toshkent issiqlik markazi” AJ direktori Bekzod Boʻronboyevning aytishicha, Oʻzbekiston ham yashil iqtisodiyotga oʻtish yoʻnalishini belgilab olgan. Unga koʻra, Xitoyda ham, Yevropada ham asosiy oʻsha issiqlik elektr stansiyasi asosida amalga oshiriladi. Buni yeng asosiy sababi, qayta tiklanuvchi energiya manbalari u doimiy emasligida.

“Quyoshni faqat yorugʻlik bor paytida undan energiya ishlab chiqariladi. Shamol ham shamolni tezligi, esishi, oʻsha kunlik yoʻnalishiga bogʻliq. Shuning uchun bugungi kunda asosiy generatsiya baribir ham issiqlik elektr stansiyasi boʻlib qolyapti. Lekin yoʻnalish bilan boʻyicha hozir ishlar amalga oshirilyapti.

Xususan, Oʻzbekistonda ham quyosh elektr stansiyalarini, shamol elektr stansiyalarini qurilish hisobiga sezilarli darajada oldingi besh yil yoki 10 yil bilan sezilarli darajada bu yuqorida aytib oʻtilgan kamayish koʻzda tutilgan, yaʼni traditsionni issiqlik elektr stansiyalarida ishlab chiqarish kamaytiriladi. Buning sababi oʻsha yashil energiyani rivojlanishi. Kuz-qish mavsumida umumiy 35 milliard kilovatt ishlab chiqarishdan 14 milliardi issiqlik elektr stansiyalari tomonidan amalga oshiriladi. Shundan ham koʻrinib turibdiki, 2019-2020 yillarda agar tasavvur qilganimizda oʻsha paytda ham 35 milliard ishlab chiqarish boʻlsa, deyarli 35 milliarddan 33 milliardini issiqlik elektr stansiyalari ishlab chiqarardi. Bugungi kunda mana shu raqamdan ham koʻrib turishingiz mumkin. Yaʼni bu 35 dan 14 ga tushgani faqat yashil energiya emas, bunda xususiy issiqlik elektr stansiyalarini ham roli bor, lekin sezilarli darajada kamayib bormoqda”, — deydi AJ direktori.

Mutaxassis Toshkent shahri yoki aholi punktlarida issiqlik elektr stansiyalari boʻlishini tabiiy talab deya baholadi. Uning aytishicha, energiya qanchalik uzoq boʻladigan boʻlsa, uni isteʼmolga yetkazib berish xarajatlari shunchalik koʻp boʻladi.

“Bu asosan Toshkent shahrida joylashgan obʼektlar, bu faqatgina elektr energiya emas, issiqlik energiyasini ham ishlab chiqargani uchun hududda joylashgan, yaʼniki issiqlik energiyasini Toshkent shahri uchun boshqa viloyatdan ishlab chiqarib yetkazib bera olmaymiz. Shuning uchun bu Toshkent shahri hududining oʻzida joylashib, aholi yashash punktlariga yaqin joyda joylashib, ishlab chiqariladi.

Shahar hududidagi issiqlik markazlari yoki issiqlik elektr markazlari faqat tabiiy gazda ishlaydi. Undan ham hozir yangi texnologiyalarni joriy qilish hisobiga tabiiy gaz yoki uglevodorod yoqilgʻilaridan voz kechish yoʻnalishini tanlab olganmiz, Yevropa yoki rivojlangan davlatlar qoʻllayotgan texnologiyalar bu bilan tanishib boʻlib qoldi, issiqlik nasoslari, yaʼni “teplovoy nasos”. Bu hozirgi kunda birinchi bosqichida faqat yashash xonadonlari yoki kichik hajmdagi obʼektlarga qoʻllanilyapti”, — deydi mutaxassis.

Matbuot anjumanida qatnashgan “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ matbuot kotibi Muhammadjon Bekmuhammedovning aytishicha, Oʻzbekistonda ishlab chiqarish quvvatlari ortigʻi bilan mavjud. “Bu shamol, fotoelektr stansiyalar, gidroelektr stansiyalar, issiqlik elektr stansiyalari, davlat tasarrufidagi issiqlik elektr stansiyalari va xususiy elektr stansiyalarning mavjud quvvatlari elektr energiyasini ishlab chiqarish ortigʻi bilan zaxirasi mavjud. Bu ishlab chiqarish masalasida aholi, fuqarolar xavotirga tushmasalar ham boʻladi”, — deydi u.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid