Islom Madaminov Fargʻona viloyati hokimi oʻrinbosari etib tayinlandi
Tayinlovga qadar u Oʻzbekistonning Saudiya Arabistoni Podshohligidagi elchixonasida savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Islom Madaminov Fargʻona viloyati hokimining oʻrinbosari – viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
Islom Madaminov 1992 yilda Fargʻona shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy.
Fargʻona politexnika instituti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi Biznes va boshqaruv oliy maktabi hamda Latviyaning “ISMA” menejment oliy maktabini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida Rishton tumani hokimining oʻrinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo boʻlimi boshligʻi, Oʻzbekiston Respublikasining Qirgʻiz Respublikasidagi elchixonasida savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchi lavozimlarida ishlagan.
Shuningdek, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida investitsiya menejeri (boshqarma boshligʻi) sifatida faoliyat yuritgan.
Tayinlovga qadar Oʻzbekistonning Saudiya Arabistoni Podshohligidagi elchixonasida savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchi lavozimida ishlab kelayotgan edi.





