platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Sport

Diyora Keldiyorova ikki yarim yillik tanaffusdan soʻng katta sportga qaytmoqda

Keldiyorova Aktau Asian Open 2026 musobaqasining eng yulduzli ishtirokchisi boʻlib, amaldagi Olimpiada chempioni sifatida tilla rang yozuvli kimonoda tatamiga chiqadi. 

Diyora Keldiyorova ikki yarim yillik tanaffusdan soʻng katta sportga qaytmoqda

17-18 oktabr kunlari Qozogʻistonning Aktau shahrida dzyudo boʻyicha Aktau Asian Open 2026 turniri boʻlib oʻtadi.

Aynan shu musobaqada ikki yarim yillik tanaffusdan soʻng Parij-2024 Olimpiadasi chempioni Diyora Keldiyorova ishtirok etadi. Hamyurtimiz uchun bu Olimpiya oʻyinlaridan keyingi ilk turnir boʻladi.

Keldiyorova Aktau Asian Open 2026 musobaqasining eng yulduzli ishtirokchisi boʻlib, amaldagi Olimpiada chempioni sifatida tilla rang yozuvli kimonoda tatamiga chiqadi.

Qurʼa natijasiga koʻra, Diyora oʻz ishtirokini toʻgʻridan-toʻgʻri ikkinchi bosqichda qozogʻistonlik Nuraylim Sarsenbekka qarshi uchrashuv bilan boshlaydi.

Umuman olganda, Aktau turnirida 7 davlatning jami 182 nafar dzyudochisi medallar uchun bahslarga kirishadi. Ular orasida oʻzbekistonlik 25 nafar dzyudochi ham bor.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid