platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Yoqilgʻi-energetika sohasida investorlar kengashi tuziladi

Kengashga Prezident Administratsiyasi Rahbari Saida Mirziyoyeva boshchilik qiladi. ​Kengash yer ajratishdan obʼekt ishga tushguniga qadar sarmoyadorlar duch keladigan masalalarga tezkor yechim topish bilan shugʻullanadi. 

Yoqilgʻi-energetika sohasida investorlar kengashi tuziladi

Energetika loyihalari katta sarmoya va murakkab infratuzilmani talab qiladi. Yer ajratish, tarmoqqa ulanish yoki texnik shart olishdagi birgina kechikish ham butun loyihaga taʼsir qiladi.

​“ACWA”, “Vision Invest”, “DataVolt”, “Voltalia” va “EDF” kabi kompaniyalar bu masalalarni doimiy muloqot orqali hal qilishni taklif etdi.

​Buni hisobga olib, Prezidentimiz Yoqilgʻi-energetika sohasida investorlar kengashini tashkil etishga qaror qilganini taʼkidladi. Kengashga Prezident Administratsiyasi Rahbari Saida Mirziyoyeva boshchilik qiladi.

​Kengash yer ajratishdan obʼekt ishga tushguniga qadar sarmoyadorlar duch keladigan masalalarga tezkor yechim topish bilan shugʻullanadi.

​– Biz energetikaga iqtisodiyotning shunchaki bir tarmogʻi sifatida qaramayapmiz. Bu – oʻz kelajagimiz va farovonligimizning mustahkam tayanchi. Bizga quruq sarmoya emas, qalban bogʻlangan oʻzaro ishonch va chin sheriklik kerak. Bugungi muloqotimizning bosh mazmuni ham shunda.

​Har bir yangi loyiha hududlarimizdagi chinakam oʻzgarish, odamlarimizning oʻz hayoti, oʻz ishi va oʻz taraqqiyoti uchun mustahkam zamin degani. Shu bois, hamkorligimizdagi bosh tamoyil bitta: sizning investitsiyangiz mamlakatimiz taraqqiyotiga qanchalik nur olib kirsa, yurtimizdagi yuksalish sizning oʻz muvaffaqiyatingizga shunchalik keng yoʻl ochadi.

​Chin maʼnodagi sheriklik bu – oʻzaro ishonch, oʻzaro masʼuliyat va oʻzaro manfaatdir,– dedi Prezidentimiz.

​Davlatimiz rahbari investorlarning asosli takliflarini eshitish, muammolarini hal qilish va yangi tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi. Shundan soʻng sarmoyadorlar bilan bevosita muloqot qilindi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid