Toshkentda 1,5 mlrd soʻmlik BMW X6 mashinasi xatlandi
Bunga kredit qarzdorligi sabab boʻlgan. Agar qarzdorlik qoplanmasa, BMW X6 auksion savdolariga chiqariladi.

MIB poytaxtda 1,5 mlrd soʻmlik BMW X6 avtomashinasini xatladi.
Bunga kredit qarzdorligi sabab boʻlgan.
Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari qarzdor korxonadan bank foydasiga 342 mln. 713 ming soʻm kredit qarzdorligini undirish va qarzdorlikni BMW X6 rusumli avtotransport vositasiga qaratish boʻyicha ijro harakatlarini olib borishdi.
Natijada, BMW X6 avtomashinani MIB xodimlari xatladi va uning bahosi 1 mlrd. 550 mln. soʻm etib belgilandi.
Agar qarzdorlik qoplanmasa, BMW X6 auksion savdolariga chiqariladi.





