Toʻlov-kontrakt toʻlovlari muddati 1 noyabrgacha uzaytirildi
Mazkur muddat bakalavriat va magistraturaga oʻqishga tavsiya etilgan abituriyentlar, oʻqishi koʻchirilgan yoki koʻchirib tiklangan hamda oʻqishga qayta tiklangan talabalarga taalluqli.

OTMlarda toʻlov-kontrakt toʻlovlari muddati uzaytirildi.
2026/2027 oʻquv yili uchun oliy taʼlim tashkilotlarida kontrakt toʻlovlarini amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirish muddati 1 noyabrga qadar uzaytirildi.
Mazkur muddat bakalavriat va magistraturaga oʻqishga tavsiya etilgan abituriyentlar, oʻqishi koʻchirilgan yoki koʻchirib tiklangan hamda oʻqishga qayta tiklangan talabalarga taalluqli.
Belgilangan muddatga qadar bazaviy toʻlov-kontrakt boʻyicha yillik qiymatning kamida 25 foizi, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt boʻyicha esa kamida 50 foizi toʻlanishi lozim.
Avvalroq pedagog xodimlarning farzandlari uchun 30 foizlik imtiyoz eʼlon qilingandi.
2026/2027 oʻquv yilidan boshlab davlat oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriat bosqichi kunduzgi taʼlim shaklida tahsil olayotgan pedagog xodimlarning farzandlari uchun toʻlov-kontrakt summasining 30 foizini qoplab berish tartibi joriy etilgan.
Chegirma olish uchun kontrakt.edu.uz platformasi orqali ariza yuborish kerak.





