Tesla "uchar mashina" nomini olgan Roadster sport elektromobilini taqdim etdi
Taqdimot 15 oktabr kuni Texas shtatidagi SpaceX sinov maydonida boʻlib oʻtdi. Tesla va SpaceX rahbari Ilon Mask tomoshabinlar bilan muloqot qildi. Roadster 300 mildan ortiq masofani bosib oʻtadi va maksimal tezlik (Rocket uchun) soatiga taxminan 230 milni tashkil etadi.

AQShda Tesla kompaniyasi SpaceX raketalari dvigatellari bilan jihozlangan Roadster sport elektromobilining yangi talqinini namoyish etdi. Mashina soatiga 100 kilometr tezlikka bir sekunddan kam vaqt ichida chiqa oladi va ucha oladi.
Taqdimot 15 oktabr kuni Texas shtatidagi SpaceX sinov maydonida boʻlib oʻtdi. Tesla va SpaceX rahbari Ilon Mask tomoshabinlar bilan muloqot qildi.
“Siz dunyoning eng yaxshi avtomobil kompaniyasi va eng yaxshi raketa kompaniyasi hamkorligi natijasiga guvoh boʻlyapsiz”, dedi u.
Namoyish davomida Roadster salto otishlarni bajardi, qatorda turgan avtomobillar ustidan oshib oʻtdi, egri-bugri estakadada teskari (agʻdarilgan) holatda harakatlandi hamda katta balandlikdan yerga qoʻndi.
Tesla muhandislik boʻyicha vitse-prezidenti Lars Moravi bu tryuklarni amalga oshirish sirlarini tushuntirib berdi. Uning aytishicha, 600 litr siqilgan havoga ulangan 10 ta dvigatel bu imkoniyatni bajarishni taʼminlaydi. Kuchli havo tortish tizimi esa avtomobil tortish kuchini yanada oshiradi.
Tesla veb-saytida kompaniya endi avtomobil uchun oldindan buyurtmalarni qabul qilayotgani aytilgan, u uchta komplektatsiya darajasida taqdim etiladi: Performance, Thrust va Rocket. Rocket faqat taklifnoma asosida taqdim etiladi. Dastlabki ikkita model uchun mos ravishda 50 000 va 250 000 dollar miqdorida depozit talab qilinadi.
Tesla maʼlumotlariga koʻra, Roadster 300 mildan ortiq masofani bosib oʻtadi va maksimal tezlik (Rocket uchun) soatiga taxminan 230 mil.





