platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Donald Trampning maxsus vakilini qabul qildi

Serjio Gor bilan uchrashuvda Oʻzbekiston – AQSh strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Donald Trampning maxsus vakilini qabul qildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16 oktabr kuni AQSh Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili Serjio Gorni qabul qildi.

Oʻzbekiston – AQSh strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.

AQSh Davlat kotibi Marko Rubioning Oʻzbekistonga boʻlajak tashrifi, “S5+1” formatidagi vazirlar uchrashuvi hamda Oʻzbekiston – Amerika ishbilarmonlik va investitsiya kengashining ikkinchi yigʻilishiga tayyorgarlik koʻrish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Boʻlajak tadbirlarni mazmunan boyitish, yangi tashabbuslarni ishlab chiqish va ustuvor yoʻnalishlarda qoʻshma loyihalarni amalga oshirish muhimligi bildirildi.

Shavkat Mirziyoyev Donald Trampning maxsus vakilini qabul qildi

Qisqa vaqt ichida savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb etish va qoʻshma ishbilarmonlik tashabbuslarini ilgari surishning samarali mexanizmiga aylangan ishbilarmonlik kengashining ahamiyati ortib borayotgani alohida taʼkidlandi.

Ikki mamlakat yetakchilari ishtirokida oʻtkaziladigan boʻlajak xalqaro tadbirlar rejasi yuzasidan ham fikr almashildi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid