Saida Mirziyoyeva Gonkongdagi yirik xolding boshqaruv raisi bilan uchrashdi
Unda qayta tiklanuvchi energetika, Yangi Toshkent infratuzilmasini rivojlantirish va taʼlim sohalaridagi istiqbolli qoʻshma loyihalarni muhokama qilindi.

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva XXRning Gonkong maxsus maʼmuriy hududidagi eng yirik xoldinglardan biri — “Henderson Land Group” boshqaruvi raisi Piter Li bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Unda qayta tiklanuvchi energetika, Yangi Toshkent infratuzilmasini rivojlantirish va taʼlim sohalaridagi istiqbolli qoʻshma loyihalarni muhokama qilindi

"Mamlakatimiz investitsiyalar uchun ochiq va biz Gonkongning yetakchi biznes doiralari bilan hamkorlikdan manfaatdormiz. Sheriklikdagi tashabbuslarni, jumladan, yangi tashkil etilayotgan Toshkent xalqaro moliya markazi orqali ham qoʻllab-quvvatlashga tayyormiz",—deydi PA rahbari.

Mirziyoyeva Oʻzbekiston va Gonkong oʻrtasida uzoq muddatli iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar borligiga ishonishini bildirdi.





