platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Poytaxtning besh tumani aholisi issiq suvdan kimyoviy hid kelayotganidan shikoyat qildi

Murojaatlardan soʻng Veolia Energy Tashkent kompaniyasi laboratoriya mutaxassislari joylarga chiqib, suv manbalari va xonadonlardan namunalar olgan. Ular kimyoviy-bakteriologik hamda organoleptik tahlillardan oʻtkaziladi.

Poytaxtning besh tumani aholisi issiq suvdan kimyoviy hid kelayotganidan shikoyat qildi

Veolia Energy Tashkent kompaniyasiga Toshkent shahrining beshta tumani aholisidan issiq suv sifati yuzasidan murojaatlar kelib tushmoqda. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Mirobod, Yakkasaroy, Shayxontohur, Chilonzor va Yunusobod tumanlari aholisi issiq suvdan begona hid kelayotganidan shikoyat qilgan.

Kompaniya maʼlumotiga koʻra, mazkur tumanlarga tarmoq suvi tashqi yetkazib beruvchi — “Toshkent issiqlik elektr markazi” AJ tomonidan uzatiladi. Veolia Energy Tashkent esa issiqlik energiyasi va issiq suvni turar joy binolarining yertoʻla qismigacha yetkazib berish va taqsimlash bilan shugʻullanadi.

Murojaatlardan soʻng kompaniyaning akkreditatsiyadan oʻtgan laboratoriyasi mutaxassislari joylarga chiqib, suv manbalari va xonadonlardan namunalar olgan. Ular kimyoviy-bakteriologik hamda organoleptik tahlillardan oʻtkaziladi. Tekshiruv natijalari tadqiqotlar yakunlangach eʼlon qilinadi.

Shuningdek, tarmoq suvi sifati haqidagi maʼlumotlar texnologik jarayonni meʼyorlashtirish va magistral tarmoqlarni yuvish boʻyicha shoshilinch choralar koʻrish uchun “Toshkent issiqlik elektr markazi” AJga yetkazilgan.

Veolia Energy Tashkent vaziyat doimiy nazoratda ekanini, suv taʼminoti sifatini qisqa muddatda meʼyorga keltirish uchun yetkazib beruvchi bilan hamkorlikda zarur choralar koʻrilayotganini bildirdi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid