Komil Allamjonov Donald Trampning maxsus yordamchisi bilan muhim uchrashuv oʻtkazdi
Suhbatda AQSh Davlat kotibining Oʻzbekistonga kutilayotgan tashrifi, C5+1 uchrashuvi va G20 sammiti kun tartibi yuzasidan fikr almashildi.

Prezident Administratsiyasi rahbarining maslahatchisi Komil Allamjonov AQSh Prezidentining maxsus yordamchisi, Milliy xavfsizlik kengashining Janubiy va Markaziy Osiyo boʻyicha katta direktori Maykl Jerimayya bilan uchrashdi.

Muloqotda qator muhim tadbirlarni oʻtkazish bilan bogʻliq tashkiliy masalalar muhokama qilindi.

Xususan, AQSh Davlat kotibi Marko Rubioning Oʻzbekistonga kutilayotgan tashrifi, Samarqanddagi “C5+1” uchrashuvi hamda Mayamida boʻlib oʻtadigan G20 sammiti kun tartibi yuzasidan fikr almashildi.





