platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Iqtisod

Forishda soliq va bojxona imtiyozlariga ega maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi

Neft-gaz sohasida geologiya-qidiruv ishlari, konlar samaradorligini oshirish va xomashyoni chuqur qayta ishlash boʻyicha hamkorlik kengaytiriladi. Hozir Ozarbayjonning “SOCAR” va Buyuk Britaniyaning “British Petroleum” kompaniyalari bilan Ustyurt mintaqasidagi 6 ta investitsiya blokida qidiruv ishlari olib borilmoqda. Xorijlik hamkorlarga taklif qilish uchun boshqa hududlarda yana 128 ta blok tayyorlangan.

Forishda soliq va bojxona imtiyozlariga ega maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi

Davlatimiz rahbari Oʻzbekiston xalqaro energetika hamkorligiga oʻz salohiyati bilan kirib borayotganini taʼkidladi. Mamlakatimizda tabiiy resurslar, sanoat korxonalari, muhandislar va bilimli yoshlar bor. Sarmoya va ilgʻor texnologiyalar bilan birga bu imkoniyatlar koʻproq qiymat yaratishi mumkin.

“OʻZ” gʻoyasining iqtisodiy mazmuni ham oʻz salohiyatimizni rivojlantirish, dunyo bilan teng hamkorlik qilish va umumiy kelajak uchun masʼuliyat olishdan iborat.

Energetika loyihalarida mis mahsulotlari, kabel, transformator, metall konstruksiyalar va qurilish materiallariga katta talab bor. Prezidentimiz mahalliy korxonalar sifat, narx va standartlar boʻyicha raqobatlasha olishini qayd etdi.

Xitoyning “China Energy” kompaniyasi 8 ta energiya saqlash stansiyasi qurilishida qariyb 40 foiz mahalliy mahsulotlardan foydalandi. Ularning qiymati 200 million dollarga yaqin boʻldi. Oʻtgan yili esa energetikadagi barcha investitsiya loyihalarida mahalliy tovar va xizmatlar qiymati 740 million dollarga yetdi.

Prezidentimiz ushbu koʻrsatkichni 3-4 barobar oshirish mumkinligini taʼkidladi. Sanoat kooperatsiyasi agentligi va mahalliy uyushmalar investorlarga zarur mahsulotning sifati va hajmini aniqlab, uni yetkazib berishda korxonalar bilan ishlaydi.

Hozir yuqori kuchlanishli uskunalar, energiya saqlash tizimlarining boshqaruv modullari va shamol generatorlari butlovchi qismlari katta hajmda import qilinmoqda. Ularni mahalliylashtirish boʻyicha 850 million dollarlik 12 ta istiqbolli loyiha tayyorlangan.

Jizzax viloyati Forish tumanida qurilayotgan atom elektr stansiyasiga zarur yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish maqsadida shu yerda soliq va bojxona imtiyozlariga ega maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi. Davlatimiz rahbari investorlarni bu loyihalarda ham hamkorlikka chaqirdi.

Neft-gaz sohasida geologiya-qidiruv ishlari, konlar samaradorligini oshirish va xomashyoni chuqur qayta ishlash boʻyicha hamkorlik kengaytiriladi.

Hozir Ozarbayjonning “SOCAR” va Buyuk Britaniyaning “British Petroleum” kompaniyalari bilan Ustyurt mintaqasidagi 6 ta investitsiya blokida qidiruv ishlari olib borilmoqda. Xorijlik hamkorlarga taklif qilish uchun boshqa hududlarda yana 128 ta blok tayyorlangan.

Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, ularda 5 trillion 800 milliard kub metr gaz va 560 million tonna suyuq uglevodorod resurslari mavjud. Ushbu imkoniyatlarni oʻzlashtirishda raqobat, shaffoflik va iqtisodiy samaradorlik asosiy mezon boʻladi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid