platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Iqtisod

Elektr energiyasi ishlab chiqarishning yillik hajmi 129 milliard kilovatt-soatdan oshadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilgʻi-energetika sohasidagi investorlar bilan ochiq muloqot oʻtkazmoqda. Qayd etilishicha, 2030 yilgacha 22 ming megavatt yangi quvvat yaratish maqsad qilingan. Natijada elektr energiyasi ishlab chiqarishning yillik hajmi 129 milliard kilovatt-soatdan oshadi, qayta tiklanuvchi energiya ulushi 54 foizga yetadi.

Elektr energiyasi ishlab chiqarishning yillik hajmi 129 milliard kilovatt-soatdan oshadi

Davlat rahbari energetikani taraqqiyotning yuragi deb atab, barqaror energiya taʼminoti tadbirkorlar sarmoyasi va odamlarning ertangi kunga ishonchi uchun muhimligini taʼkidladi.

Oʻn yil avval sohadagi muammolarni hal qilish, eskirgan quvvatlarni yangilash va oʻsib borayotgan talabni qoplash vazifalari belgilab olingan edi. Buning uchun energetika bozori xususiy sarmoyaga ochildi, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari joriy etildi. Oʻtgan davrda sohaga 35 milliard dollar investitsiya kiritildi, hamkor davlatlar soni 2-3 tadan 10 tadan ortiqqa yetdi.

Quyosh, shamol va gidroelektr stansiyalari hisobiga qayta tiklanuvchi energiyaning jami generatsiyadagi ulushi 31 foizga koʻtarildi. “Yashil” quvvatlar 11,1 gigavattni tashkil etmoqda. Aholi jon boshiga elektr energiyasi ishlab chiqarish 28 foizga oshib, 2 ming 300 kilovatt-soatga yetdi.

Bugun umumiy qiymati 4 milliard 700 million dollarlik 6 ta yirik loyiha boʻyicha bitimlar imzolandi. Ular doirasida 3 ming megavatt generatsiya va 400 megavatt energiya saqlash quvvati yaratiladi.

Davlatimiz rahbari oʻtgan yillarda energetika loyihalarini tayyorlash va investorlar bilan ishlash boʻyicha katta tajriba toʻplanganini qayd etdi. Endi hamkorlikning yangi bosqichiga oʻtiladi: har bir investitsiya yangi quvvat yaratish bilan birga taʼminot ishonchliligini oshirishi va yoʻqotishlarni kamaytirishi kerak.

2030 yilgacha 22 ming megavatt yangi quvvat yaratish maqsad qilingan. Natijada elektr energiyasi ishlab chiqarishning yillik hajmi 129 milliard kilovatt-soatdan oshadi, qayta tiklanuvchi energiya ulushi 54 foizga yetadi.

Yaqinda imzolangan farmon bilan yoqilgʻi-energetika sohasida davlat va biznesning vazifalari aniq ajratildi. Yangi bosqichda loyihalar ochiq raqobat, shaffof qoidalar va kelishilgan shartlarning izchil bajarilishi asosida amalga oshiriladi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid