Avariyaga qaramay Rossiyadan Oʻzbekistonga gaz yetkazib berish rejaga muvofiq davom etmoqda
Bu haqda Oʻzbekiston Energetika vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi vakillari maʼlum qildi. 13 oktabr kuni Rossiyaning Penza viloyatida portlash yuz bergandi.

Oʻzbekistonga tabiiy gaz yetkazib berish Rossiyaning Penza viloyatidagi magistral gaz quvurida sodir boʻlgan avariyaga qaramay, shartnoma majburiyatlariga muvofiq davom etmoqda.
Bu haqda 14 oktabr kuni oʻtkazilgan matbuot anjumanida Energetika vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi vakillari maʼlum qildi.
Jurnalistlar 13 oktabr kuni yuz bergan avariya Rossiya gazi importiga qanday taʼsir koʻrsatgani va u oldinda turgan isitish mavsumida Oʻzbekistonni gaz bilan taʼminlashda xavf-xatar tugʻdirmaydimi deb qiziqqan.
"Gaz yetkazib berish boʻyicha hukumatlararo bitim amal qilmoqda va ushbu bitim doirasida barcha tomonlar oʻz majburiyatlarini oʻz vaqtida bajarmoqda", — dedi u.
13 oktabr kuni OAV Rossiyaning Penza viloyati Belinskiy tumanidagi Volchkovo qishlogʻi yaqinida magistral gaz quvurida portlash yuz bergani haqida xabar bergandi.
Yuqori bosimli quvurda yorilish sodir boʻlgan, shundan soʻng kuchli alangalanish boshlangan.





